Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolalar bog‘chasi tashkil etish sharti bilan sotiladigan davlat aktivlari bo‘yicha ochiq tanlov savdolariga marhamat
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi Investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinish orqali BOLALAR BOG‘ChASI TAShKIL ETISh sharti bilan “nol” xarid qiymatida sotiladigan davlat aktivlari bo‘yicha ochiq tanlov savdolariga taklif etadi.
Xususiylashtirish shaklida bolalar bog‘chasi tashkil etish sharti bilan sotilishi belgilangan davlat aktivlarining dastlabki savdolari 2018 yilning 4 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda. Hujjatlar yana 6 kun qabul qilinadi.
Ma'lumot uchun telefonlar: (0-371) 232-80-25 (0-371) 230-41-73, 230-41-70. Faks: (0-371) 230-41-75
SAVDOLARGA MARHAMAT QILING!
Tanlov savdolariga quyidagi davlat aktivlari qo‘yiladi:

UShBU OB'YeKTLAR NeGIZIDA FAQAT BOLALAR BOG‘ChASI TAShKIL ETISh TALAB ETILADI
Investitsiya kiritish mobaynida yaratilgan ishchi o‘rinlari, ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng keyingi 1 yil davomida saqlanadi.
Tanlovda g‘olib deb topilgan talabgor shartnoma imzolangandan keyin 30 kun muddat ichida tanlov obektini mustaqil baholovchi tashkilot tomonidan baholatadi,
bunda baholashga ketadigan sarf xarajatlar tanlov g‘olibi tomonidan qoplanadi.
investitsiya kiritish sharti bilan “nol” xarid qiymatida xususiylashtirishda investor tomonidan investitsiya kiritish muddati tugab, ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng, xususiylashtirilgan obektining 60 foizdan kam bo‘lmagan hududi (bino va inshootlar) ishga tushirilgan va ishlab chiqarish bilan band bo‘lgan bo‘lishi lozim.
Tanlov savdolari natijalari bo‘yicha g‘oliblik bayonnomasi imzolangan sanadan boshlab 20 kundan kechikmay oldi-sotdi shartnomasi tuziladi.
Talabgorlarning takliflari bildirilgan konvertlari 2018 yil 4 aprel kuni, soat 900 daToshkent viloyati hokimligi binosining 1-qavatidagi zalida ochiladi.
Tanlovda qatnashish uchun muhrlab qo‘yilgan takliflar olish 2018 yil 30 mart 1800 da hamda tanlov bo‘lib o‘tmagandaommaviy axborot vositalarida oldindan e'lon qilingan sanasidan kamida ikki ish kuni oldin to‘xtatiladi.
Tanlov savdosi ushbu kuni bo‘lib o‘tmagan taqdirda, takroriy savdolar har haftaning chorshanba kunlari, soat -900 da bo‘lib o‘tadi.
Tanlov hujjatlarida va qo‘shimcha ma'lumotlarni olish mumkin bo‘lgan manzil: 100060, Toshkent shahri, Shahrisabz ko‘chasi, 42-uy manzilida joylashgan
Davlat raqobat qo‘mitasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi.
Tanlovda qatnashish uchun talabgor yoki uning vakolatli vakili shaxsan yoxud pochta orqali hududiy tanlov komissiyasining ishchi organiga tanlov to‘g‘risidagi xabarnomada belgilangan muddatda tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ikki nusxada buyurtmanoma taqdim etadi:
nodavlat yuridik shaxslar uchun — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan vakolatli vakilning tanlovda qatnashishi uchun ishonchnoma, uning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat nusxasini ilova qilgan holda;
jismoniy shaxslar uchun — pasportining nusxasi, tanlovda vakolatli vakil qatnashgan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma, uning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat nusxasini ilova qilgan holda;
biznes-reja muhrlangan konvertda, shuningdek tanlov hujjatlariga muvofiq tuzilgan tanlov takliflari (taklif qilingan sotib olish to‘lovlari summasi va uni to‘lash muddatlari, taklif qilinayotgan investitsiya majburiyatlari summasi, uning shakli, muddati va kiritish sharti).
Taqdim etilgan hujjatlarning barcha varaqlari talabgorning muhri va imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak
Murojaat uchun manzil100060, Toshkent shahri, Shahrisabz ko‘chasi, 42-uy.Ma'lumot uchun telefonlar: (0-371) 232-80-25, 230-41-70.Faks: (0-371) 230-41-80.Internet tarmog‘idagi veb-sayt: www.gki.uz, www.gkitorg.uz, www.tashvil.gov.uz.
Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar! Savdolarni o‘tkazish jarayonida qonun bilan qo‘riqlanadigan huquqlaringiz buzilgan taqdirda Davlat raqobat qo‘mitasining
(0-371) 259-21-37 yoki Toshkent viloyati raqobat boshqarmasining (0-371) 230-41-75 raqamli Ishonch telefonlariga shuningdek Toshkent viloyati hokimligining (0-371) 232-80-25 telefon raqamlariga zudlik bilan xabar berishingiz so‘raladi.
Savdolarga marhamat qiling!
Mavzuga oid
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
08:16 / 02.06.2026
Top-10: dunyo savdosida eng katta ulushga ega davlatlar
09:02 / 12.03.2026
O‘zbekistonda xorijiy korxonalar asosan savdo sohasida faoliyat yuritmoqda
08:00 / 20.02.2026