08:41 / 26.03.2018
8815

Kemerovodagi yong‘inda halok bo‘lganlar soni 37 nafarga yetdi

Foto: Danil Aykin/TASS

Kemerovodagi “Zimnyaya vishnya” savdo-ko‘ngilochar markazida 25 mart kuni yuz bergan yong‘inda halok bo‘lganlar soni 37 nafarga yetdi. Bu haqda o‘t o‘chirish tezkor shtabida ma'lum qilingan.

“Halok bo‘lganlarning umumiy soni 37 kishini tashkil qilmoqda”, deb aytgan shtab vakili.
 
Avvalroq yong‘in oqibatida 7 kishi halok bo‘lgani, jabrlanganlar soni 43 nafarni tashkil qilayotgani, bedarak yo‘qolganlar 69 nafar ekani ma'lum qilingandi.

Ta'kidlanishicha, 36 nafar jabrlanuvchi shifoxonalarda qolmoqdalar, ulardan 2 nafarining ahvoli og‘ir.  

Yong‘in markazning oxirgi – 4-qavatida boshlangan. Yonayotgan binodan 20 kishi qutqarilgan, 100 kishi evakuatsiya qilingan. Savdo markazi 2013 yilda ochilgan bo‘lib, uning umumiy hududi 23 ming kvadrat metrni tashkil qilgan. 

Mavzuga oid
Top