Ma’lum qilinişiça, tadbirkorlar va investorlar faoliyatini kengaytiriş, Termiz xalqaro savdo markazi hududida katta işlab çiqariş quvvatlarini taşkil etiş taklifi bildirilgan. Şu munosabat bilan markaz maydoni 1 ming gektarga yetkazilişi belgilandi.

Mutasaddilarga mazkur kengaytiriş hisobidan markazdagi eksport hajmini joriy yil 600 million, kelasi yil 1 milliard dollargaça yetkaziş, şuningdek qöşimça 10 ming iş örni yaratiş topşirildi.

Qayd etilişiça, yangi loyihalar amalga oşirilişi natijasida ham tadbirkorlar faolligi, ham savdo qiliş uçun keladiganlar soni bir neça barobar oşişi kutilmoqda. Şu bois markazda qonun ustuvorligini ta’minlaş maqsadida maxsus prokuratura va içki işlar bölimi faoliyati yölga qöyiladi.

Şuningdek, endilikda markaz hududidagi tovar savdosi va xizmatlar eksport sifatida baholanadi. Ularga nisbatan qöşilgan qiymat soliği (QQS) “nol” stavkada qöllanişi belgilandi.