Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kemerovodagi savdo markazida yana yong‘in boshlandi, qurbonlar soni 60dan oshdi
Kemerovodagi «Qishki olcha» savdo markazida yana yong‘in boshlandi, tezkor xizmatlar olovni o‘chirishga harakat qilishmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Yana avj olgan yong‘inni o‘chirish osma (ko‘tarma) kajavadan foydalangan holda amalga oshirilmoqda», - deya aytib o‘tgan agentlik muxbiri.
Rossiya favqulodda vaziyatlar vaziri Vladimir Puchkovning xabar berishicha, «Qishki olcha» savdo markazida yuz bergan yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni 64 kishiga yetdi.
Ulardan olti nafarining jasadi savdo markazi vayronalari ostida qolmoqda.
«64 – yakuniy raqam», - deya aytib o‘tdi Puchkov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kemerovo fojiasidagi qurbonlar soni ortayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
12:23 / 22.06.2026
Toshkent viloyatida avtoqismlar do‘konida yong‘in chiqdi
11:00 / 22.06.2026
Andijonda yog‘och omborida yong‘in sodir bo‘ldi
13:40 / 19.06.2026
O‘zboshimchalik bilan saqlangan solyarka portlagan – Yozyovondan reportaj
10:25 / 17.06.2026