O‘zbekiston | 19:23 / 26.03.2018
9517
2 daqiqa o‘qiladi

SWIFT O‘zbekistondan bo‘lgan foydalanuvchilarga bevosita qo‘llab-quvvatlov taqdim etishni boshlaydi

Foto: DNA

2018 yil 1 iyuldan SWIFT ma'lumotlarini uzatish va to‘lash uchun xalqaro banklararo tizimni qo‘llab-quvvatlashning birinchi liniyasi bevosita O‘zbekistondagi foydalanuvchilarga taqdim etiladi. Bu haqda Rossiyaning SWIFT milliy uyushmasi (RosSVIFT) xabar bermoqda.

SWIFT Rossiya, Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Latviya, Litva, Moldova, Mongoliya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, O‘zbekiston va Estoniya foydalanuvchilariga bevosita yordam berishni boshlaydi.

«RosSVIFT» ma'lumotlariga ko‘ra, ilgari «Alyans Faktor» kompaniyasi O‘zbekistondan foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlagan.

«Ushbu usul har doim bor edi va so‘nggi ikki yil ichida keng tarqaldi. U butun dunyo bo‘ylab SWIFT foydalanuvchilarini qo‘llab-quvvatlash taklifini tenglashtirishga imkon beradi», deb ta'kidlanadi relizda. 

Standart xizmat foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash mintaqaviy markazlari taqdim etgan rasmiy SWIFT qo‘llab-quvvatloviga doimiy (24 × 7) kirish imkonini beradi.

Yordam olish uchun tizimning saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak, undan keyin har bir foydalanuvchi shaxsiy ro‘yxatdan o‘tish raqami (support registration number) oladi.

RosSVIFTning qayd etishicha, bu raqam mintaqaviy qo‘llab-quvvatlash markazlariga qo‘ng‘iroq qilganda aytilishi kerak va SWIFT mutaxassislariga har bir foydalanuvchi uchun kechiktirmasdan shaxsan xizmat qilishiga imkon beradi. 

Mavzuga oid