Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘qituvchi o‘limi tafsilotlarini yoritgan jurnalist o‘ziga nisbatan tahdidlar haqida xabar berdi
Samarqandlik jurnalist Karimberdi To‘ramurod Facebook sahifasida o‘z jurnalistik faoliyati uchun turli bosim va tahdidlar ostida qolgani haqida ma'lum qildi.
O‘zining aytishicha, 14 mart kuni Kattaqo‘rg‘on tumanida magistral yo‘lni tozalashga olib chiqilgan maktab o‘qituvchilaridan biri — 23 yoshli Diana Yenikeyevaning o‘limi tafsilotlarini yoritgan ushbu jurnalist bir necha marta «suiqasd qurboni bo‘lishiga bir baxya qolgan».
«Mening o‘zimdan qahramon yo avliyo yasash niyatim yo‘q. Menga suiqasd qilishadigan darajada katta ish ham ko‘rsatganim yo‘q. Ammo siz, aziz FB doshlar, hamkasblar, bir narsani bilib qo‘yishlaringizni istayman: Diana fojiasini yoritganimdan so‘ng turli tahdidlar, g‘arazli, haqoratli qo‘ng‘iroqlar, turli idoralar tomonidan bosimlar, qo‘rqitib qo‘yishlar, cho‘chitib qo‘yishga intilishlar ko‘payib ketdi», —degan u.
U o‘zi duch kelgan hodisalarni sanab, «o‘zining ehtimoliy o‘limi» «rejalashtirilgan suiqasd» bo‘lishi ehtimoli ko‘pligi haqida yozadi.
Shu bilan birga, u o‘ziga kim va qaysi tomondan tahdidlar bo‘lganiga aniqlik kiritmadi.
Jurnalist avvaliga «telefonini ham uzib qo‘yishgani»ni aytadi, keyinroq «u yana aloqaga qaytgan».
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 14 mart kuni Kattaqo‘rg‘on tumanida magistral yo‘lni tozalashga olib chiqilgan 23 yashar maktab o‘qituvchisi Diana Yenikeyeva fojiali halok bo‘lgan, uning yosh farzandi yetim qolgandi. Bu fojiadan keyin matbuotda majburiy mehnatga qarshi chiqishlar bo‘ldi, ammo rasmiylar Yenikeyeva o‘z ixtiyori bilan obodonlashtirish ishlarida qatnashganini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
17:51 / 12.06.2026
Xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilgan Qarshi hokimi o‘rinbosari jazolandi
21:22 / 28.02.2026
Surxondaryoda o‘qituvchilardan majburiy pul yig‘ish topshirig‘ini bergan “zamhokim” ishdan olindi
13:35 / 28.02.2026
Surxondaryoda o‘qituvchilardan majburiy pul yig‘ish topshirig‘ini “zamhokim” bergani tasdiqlandi
22:14 / 31.01.2026