Qaysarlikdan foyda yöq. Alifbo, imlo e'tibor va islohotga muhtoj
|15:29 / 27.03.201831 28534 min
Foto: PixabayFoto: Pixabay
Nega ingliz va boşqa xorijiy tillarni örganayotganda 40dan ortiq tovuşni ham çin yurakdan örganamiz..? Öz ONA TILIMIZga kelganda esa 3–4 harf yoki tovuş körinişi yo şakli özgarsa ham toqatsizlik qilamiz?
Savol tuğiladi. Nega? Nega? Nega?
Dunyoda bizga öxşagan öz tilini yuqori sanamaydigan, öz tilining mazmunini bilmaydigan, öz ona tilini qadrlamaydigan millat bormikan, deb öylab qolaman. Öz tilining muhokamasini eşitişi bilan «e-e» deb, yuzini ters qiluvçilar ham jamiyatimizda afsuski, topiladi. Ularni kim deb ataş sizga havola. Undaylarni yuzini teskari qilsin, deb sizni biroz tilimiz tarixiga yuzlantirsam (unlilar xususida).
10 asrdan ortiq foydalanganimiz, eski özbek, ya'ni arabiy yozuvda uçta unli harf (!) bölgan. Bular A, I, U xolos. Xalqimiz ham öşa paytda «tilimizda 3ta unli bor ekanda» deb öylab yurişgan ekan. Hatto, U bilan O‘ ni bitta, I va E ni bitta, A va O ni bitta harf va tovuş deb hisoblaşgan.
Öşa davrdayoq tilimizdagi unlilar soni 3tadan köpligi va arab yozuvi özbek tilining tabiatini aks ettirmasligini anglagan davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur, özining «Xatti Boburiy» yozuvini taklif qilgan. Bu yozuv ança qulay, özbek tili tabiatiga yaqinroq, arabiy yozuv asosida edi. Lekin, öşa davrdagi «avom» va diniy mutaassiblar buni tuşunmasdan Boburning bu harakatlarini, hatto «şakkok»likka yöyişgandi. Afsuski, tilimizdagi tovuşlarni tökis aks ettirişga bölgan bunday toqatsizlik va yov qaraş jamiyatimizda, tuşunarsiz holda hali ham bor. Bugun ham jamiyatimizda şunday taşabbus egalarini öşa davrdagiday «şakkok»ka çiqarişadi.
Arabiy yozuvni öziga qabul qilgan forslar esa, bizdan farqli öz tillari ehtiyojidan kelib çiqib, özlarida mavjud bölgan bir neçta tovuşlarni qöşişgan. Natijada, öz tillari özligini hozirgi kungaça ham yaxşi saqlab qolişgan.
Ötgan asrning 20-yillarida, lotin yozuviga ötiş jarayonlarida unlilar masalasida tortişuvlar boşlanib, «Tilimizda neçta unli bor?» degan savol örtaga taşlandi. Öşa davrda özbek adabiy til uçun asos qilib olingan, eng köp aholi sözlaşadigan Qarluq lahjasiga töxtalinib, unda neçta unli borligi örganildi. Eng oxirgi variant 9ta unli tanlangan (unlilar öşa davr talaffuzida maksimal darajada körsatilgan).
Keyingi özgartirişlar natijasida 1934 – yilda, keyinçalik aniqlik kiritiş şarti bilan şartli ravişda avval 8, keyin 7 va 6taga tuşirildi (şoşma-şoşarlik bilan). 1937 – yilda bu borada aniq qadamlar taşlanib endi yangi qoida, barça özlaşgan sözlarni özbek tilining «temir qonuni»ga böysundirişga asoslangan, e'tiborga molik, yangi alifbo loyihasi taqdim etildi. Bu loyiha boşqalaridan farqli har qanday özlaşma söz ham birinçi navbatda özbek tili ohangida turdoş unli yoki undoşga moslaşgan holda qabul qilinadi. Ayni paytda bu tilimiz ohangida «yevro talaffuz» paydo bölişini oldini olardi (bu mavzuga keyingi maqollarda töxtalamiz). Lekin bu loyiha ham ikkinçi jahon uruşi sabab töxtab qolgan.
Mavzuga oid
Bir marta erkin fikr yuritamiz!
Bugun kimdan söramang, özbek tilida 6ta unli bor deydi. Bu öziga xos «norma» maktabdan miyamizga qörğoşinday quyilgan. Yuqorida aytganimizdek, 1920 yillargaça esa xalqimizda «uçta unli bor» degan aqida hukm surgan. 1929-1934 yillar oraliğida esa hamma 9 ta unliga könikkan edi. (tilimiz talaffuzidagi barça unlilar maksimal körsatilgan). Bunda yozuv va talaffuzda bir xillik, ya'ni qanday talaffuz qilinsa şunday yozilardi.
Lekin, yana qanaqadir tuşunarsiz sabablar bilan, boşqa turkiy tillardan farqli unlilar 6taga tuşirilgan. Bu, qardoş tillar içida eng minimum körsatkiç! Ikki hatto uç xil unlilar, hatto ikki xil undoş tovuşlar ham bitta harf bilan ifodalanyapti. Bu tilimiz fonetik boyligidan yuz ögiriş, eng açinarlisi befarqlik emasmi? «Yana murakkablik ortadi, savodsizlik köpayadi» deysizmi? Xuddiki, savodlilik hozir a'lo darajada... Biz yozuvni sodda bölişini xohlab aholida, jamiyatda ham odamlar ongida ONA TILImiz yozuviga nisbatan mas'uliyatsiz kayfiyatni şakllantirib bölganmiz. Natijada islohot tugul, oddiy lotin yozuviga ötişda katta-yu kiçik, amaldoru işçida «imloviy jur'atsizlik» ruhi paydo bölgan.
Bu imloviy mas'uliyatsizlik va jur'atsizlikning asosi esa, hozirgaça boşlanğiç sinflardan kelajak avlod ongida şakllanmoqda. Marhamat, maktab öquvçisida harf va tovuş örtasidagi farqni yoki ularning ifodalanişini sörang... 90-95% holatda «2» baho qöyasiz unga. Nahotki, tilşunoslarimiz ham 6ta unli va 23 undoş harf qoidasidan boşqa yoqqa öta olişmasa? Balkim, oşirib yuborgandirman. Darsliklarda faqat bitta örinda qisqagina, «tovuşlarni aytamiz va talaffuz qilamiz, harflarni esa yozuvda ifodalaymiz» şaklida qoidaça bor, xolos. Özbek adabiy tilida neçta harf va neçta tovuş mavjudligini kerak bölsa, oliy ta'lim muassasalaridagi filolog talabalarning ham köpçiligi bilmaydi.
Masalan, inglizlar 20ta va fransuzlar 16ta öz tillarida unlilari borligini biladi va yozuvda farqlaydi. Frantsuz tilida esa 16 unli tovuşning hammasi alohida körinişda bölsa ham jahon tillaridan biri sifatida öz örniga ega bölişiga xalaqit bermayapti. Soddalaştiriş masalasi esa rejalaştirilmayapti. Birinçi raqamli dunyo tili ingliz tilida esa unli tovuşlar soni 20 (!) ta. Bu faqat siz uçun 2tagina misol xolos.
Yozuv islohoti savodsizlikni çiqarişi haqida ikki oğiz söz... Misol uçun fransuz tili 1990 yilda, nemis tili 1901, 1944, 1996 yillarda, portugal tili 1911 va 1990 yillarda, rus tili 1918 va 1956 yillarda, flamand (nederland) tili 1980, 1995 va 2005 yillarda, yapon tili 1900 va 1946 yillarda, indonez (malay) tili 1942 va 1972 yillarda, xitoy tili 1950, 1982 va 2009 yillarda, norveg tili 1905, 1907, 1917, 1938, 1941, 1981 va 2005 yillarda yozuvlarini isloh qilişgan. Lekin, heç kim savodsizlaşib qolmagan va bundan qörqmagan.
Özbek tili ötgan asrda 3 marta yozuvini isloh qilganini tilşunoslar va jamiyatimizda ortiqça vahimaga yöyiş notöğri bölardi. Kemaga kirganni joni bir degandek, ötgan asrda sobiq ittifoqdagi boşqa turkiy, tojik, slavyan va boşqa tillar ham öz yozuvlarini bir asrda uç marta özgartirişgan. Xuddi bizga öxşab... Yakunda esa, bizning jamoatçilikdagi könika olmaslik, tuşkunlik, vahima, işonqiramaslik va «imloviy erinçoqlik», qabul qila olmaslik kayfiyati ularda deyarli kuzatilmadi. Quyoş hammaga bir xil nur soçişini inobatga olsak, bizdagi «Savodsizlaşib qoliş» vahimasi içimizda, «kirillga dasturlangan» qotib qolgan miyamizda bor xolos.
Demakki, millatning savodliligi tilning alifbosidagi harflarning kam yo köpligida emas ekan. Faqatgina öqitiş tizimini takomillaştiriş, jamiyatda tilning nufuzini oşiriş, fuqarolik pozitsiyasida tilga nisbatan talablarni kuçaytiriş, davlat tiliga siyosiy darajada ahamiyat beriş, davlatning öz çegaralaridan taşqarisida tilning tarğiboti va obrösini oşirişi kerak ekan, xolos. Heç qanaqa savodsizlik va qörquvga örin yöq, nazarimda. Bu hammasi, islohotdan söng umumiy til qoidalarini yozib çiqiş böyiça mas'ullarning öz mas'uliyatiga boğliq. Mas'ullar va filolog olimlarimiz bir narsani bilib qöyişi şart: kirill alifbosi ham hozirgi lotin alifbosi ham tilimiz fonetik tabiatini oçib bera olmaydi!
Endi maqsadga ötsam...
Hozirgi özbek adabiy tili turkiy tillar içida singarmonizm hodisasidan biroz yiroq. Lekin bu singarmonizm yöq degani emas. Biz bugun ikki xil çöziq va qisqa, ajratiş qiyin bölgan U, A va O‘ ga töxtalmoqçi emasmiz, kerak ham emas. Farqi ança sezilarsiz. Şunçaki, aniq oq va qoraday körinib turgan ikki xil tovuşni ifodalaydigan I, O, J va V ga töxtalmoqçimiz. Çunki, bu talaffuzda örtaça savodli öquvçini va til örganuvçini juda çalğitadi. Ayni paytda tovuşlar ma'no ham ayirmoqda.
1) J — qorişiq portlovçi (jöja) hamda sirğaluvçi (jurnal, ajdod) jarangli tovuşlarni ifodalaydi. Eski özbek yozuvida ham, 1920-yillardagi lotin alifbosida ham alohida ikki xil harf sifatida körsatilgan. Negadir 1940-yillarda Sobiq Ittifoqdagi «kirillaştiriş» siyosati arafasida alifbomizdan tuşirib qoldirilgan. Ittifoqdagi qolgan barça turkiy, slavyan, kavkaz va tojik tillarida esa ikkita alohida körinişda, butunlay alohida harf va tovuş sanaladi.
1940-yilda kirill yozuviga ötiş böyiça alifbo loyihalari
J tovuşlari uçun
Yangi alif
Asosiy loyiha
I loyiha
II loyiha
III loyiha
IV loyiha
V loyiha
Tasdiqlangan
Ç
Ҷ
Җ
Çʼ
Dj
Ç
Dj
J
(jöja)
Ƶ
J
J
J
J
J
J
J
(jirafa)
1993 yilgi dastlabki özbek lotin alifbosida ikki xil J j va Ɉɉ körinişida qoidalaştirilgan. Lekin, yana negadir tilşunoslarimiz 1995-yillarda «moziy»ga qarab iş körib, yana öşa eski xatoni takrorlaşdi. Bu ikki mustaqil tovuşlar yana bir-biriga «yopiştirildi».
Boşlanğiç sinf öquvçisida sirğaluvçi haqidagi bilim yetarli emasligidan, adabiyotlarda ham portlovçi J – J tarzida öqişadi. Öquvçisi katta bölib, özining luğat boyligini köpaytirgandan keyin kerakli örinlarda portlovçi, keraklisida sirğaluvçi qilib öqişi kerak degan qoida borligi ortiqça va kulgili emasmi, azizlar? Demak, öquvçi ikki xil J – J ni tuşuniş uçun katta bölişi kerak ekanda? Ajabo...
Bu amalda dunyodagi deyarli birorta tilda uçramaydigan «noan'anaviy», ğalati holatni keltirib çiqargan. «Özimiz tuşunsak böldi-da» degan mantiqsiz öylovdan uzoq turib, islohotda bu ikki tovuşni ikkita şaklga keltiriş lozim. Misol uçun sirğaluvçi J – J ni Ɉɉ yoki Ĵĵ körinişiga keltiriş mumkin.
2). O – harfi ham ikki xil A tovuşining çöziq keng ([ɒ] - xalqaro fonetik alifbodagi şakli) körinişi (obod, Toşkent, oq) hamda ikkinçisi ya'ni, rus tili orqali tilimizda özlaştirilgan, taxminan özbekça O‘ ga yaqin (polk, kod, vino, rol) tovuş ([o] - xalqaro fonetik alifbodagi şakli)ni beradi. Ikkinçisi, ya'ni ötgan asrning boşlarida tilimizda mavjud bölmagan «yevro» O kirib keldi. Özbek tilida asosan, rus va boşqa yevropa tillaridan ötgan sözlar va atoqli otlarda uçraydi.
Agar e'tibor berilsa, özbek tilidagi «milliy» O (obod, Toşkent, oq) boşqa turkiy tillarda yöq. Ularda bu örinda A tovuşi yoki çöziq A (harf) qöllaniladi. Amalda ham bu «milliy» O, A tovuşining çöziq, keng şakli. Keyinçalik bu tovuş tilimizdagi arab va fors tilidan özlaşgan, keng A tovuşi iştirok etgan hamma sözlarda O körinişida qabul qilingan.
Şuning uçun ham boşqa turkiy va yevropa tillarda mavjud bölmagan, özbekça O tovuşi iştirok etgan sözlar, A körinişida qabul qilinadi. Masalan: Tashkent - Tashkent, Bukhara - Buxara, Tajikistan - Tadjikistan, Babur – Babur va boşqa.
Ayni paytda bu ikki tovuşni bir xil körinişi tilimizda ma'no ham ajratmoqda. Ma'no bilan birgalikda talaffuzda ikki xillik ham paydo bölyapti. Misol uçun, özimiz mustaqil talaffuz qilib köramiz. «tok» – elektr toki va «tok» – uzum novdasi, «lom» – iş quroli va «lom» – lom – mim demaslik, «tom» – yirik asarning qismlari va «tom» – binoning yopilgan tepa qismi, «rom» – içimlik va «rom» – eşik hamda derazalarning taxtali qismi, «Soni» - yapon firmasi nomi, «soni» – son sözining III şaxs egalik qöşimçasi bilan yozilişi. Bunga öxşaş misollar yana köplab topiladi. Farqlaniş esa hatto şu holatdaki, misollarimizning birinçi qismi, çet tillaridan özlaşgan sözlarda O tovuşi özbek nutqida qisqa O‘ ga yaqin talaffuz qilinadi.
1928 yilda tasdiqlangan qoidalarga köra «yevro» O va özbekça O‘ bitta Oo harfi bilan ifodalangan. Bu qaysidir ma'noda özbek talaffuzi ohangiga ançayin mos keladi. 1940 – yilda kirill yozuviga ötayotgan paytda, mutaxassislar tomonidan aslida bir neçta alifbo variantlari taklif etilgan. Asosiy variantlarda mazkur özbekça O ni A yoki diakratik belgi orqali qöllaş tavsiya etilgan.
1940 –yilda kirill yozuviga ötiş böyiça alifbo loyihalari
Unli harflar uçun
Yangi alif
Asosiy loyiha
I loyiha
II loyiha
III loyiha
IV loyiha
V loyiha
Hozirgi kunda
Ө
Ө
ө
uʼ
o‘
ө
ү
O‘
O
O
o
o‘
o
u
O‘
A
O, A
ā
ā
ą
a
o
O
Demak körişimiz mumkinki, özbekça O köproq A ning keng şakli sifatida körinişi A harfiga yaqinlaştirilgan. Agar e'tibor berilsa, fors va arab tilining lotin grafikasidagi transkripsiyasida bizning milliy O tovuşimiz â yoki ā körinişida beriladi.
[ɒ] – ya'ni özbekça O tovuşi özbek va tojik tillaridan taşqari, norveg, vengr, slovak, rumin va boşqa tillarida ham mavjud bölib «A» harfi bilan ifodalanadi yoki A tovuşining keng varianti deb qabul qilingan. Lekin, bu masalada, alifbomiz 70 yildan köproq vaqtdan buyon öz «xotirasini yöqotib qöygan». Yaqin kunlarda isloh qilinayotgan özbek lotin alifbosida bu ikki xil unlilarni farqlaşga «mutaxassislar»imizning kuçi yetadi va bu noaniqliq töğrilanadi deb umid qilaman.
Biz uçun özbekça O (Toşkent, bola, Tojikiston) Ââ yoki Āā körinişi yozilişi maqsadga muvofiq. Misol uçun Tāshkent, bāla, Tājikistān körinişida yozilişi ham biz uçun qulay ham lotin yozuvining harfiy fonetik körinişiga töliq mos keladi. «Yevro» O esa öz körinişida qolişi kerak.
Farqlaş ham osongina, birinçisi özbekça va xorijiy sözlar, ikkinçisi yuqorida ta'kidlaganimiz qisqa O‘ ga yaqin ohang. Xöş, bunda biz nimaga erişamiz?
Eng avvalo yozuvimiz, xalqaro andazalar va dunyo tillari bilan deyarli bir xil standartlarga ega böladi. Hamma uçun tuşunarli tilga aylanadi. Biror joyda, biror sözni ham inglizça ham özbekça yozilişi töğri kelsa bir biridan keskin farq qiladigan ikki xil körinişda emas, bitta körinişda yozilişi mumkin. Masalan «Tāshkent» sözi norasmiy xalqaro normalar böyiça diakratik belgilarsiz yoki boşqa biror tildagi öşa, özbekça «O» tovuşni takrorlasa öşa holatda öqilişi mumkin. Ya'ni, özbek va boşqa «O laşgan» tillar «Toşkent» tarzida, avtomatik ravişda, «A laşgan» tillar «Tashkent» tarzida öqib ketaverişadi. Bunda tilimiz rang-barangligi ortib, xalqaro jamoatda umumiy şakliy yozuv standartlariga moslaşadi. Bu tarjima masalasidagi turli qiyinçiliklarni bartaraf etib, resurslarni iqtisod qiliş imkonini beradi. YuNIKOD bilan işlaşda ham bu borada qiyinçilik yöq.
Albatta, bizning yozuvimiz özimiz uçun, xorijiylar töğri öqişiga qulaylaştiriş uçun emas. Lekin bu degani, lotin yozuvining harfiy fonetik qoidalarini bilgança burab yanayam xunuklaştiriş mumkin degani emas. Şunday ekan, islohot uçun berilgan imkoniyatdan töğri foydalanib qolaylik!
3). Keyingisi hammamiz aniq körib, bilib turib, lekin öylaşni xohlamaydiganimiz ikki xil I – I haqida. Ha, ha ba'zan öylab qolaman. Hamma turkiy tillarda, xususan özbek tilida, hatto özbek tilining uçala lahjasida bor bölgan qisqa I töğriroği Y nega alifbomizda ifodalanmagan. Agar e'tibor berilsa özbek adabiy tili talaffuzida I dan köra qisqa Y köproq qöllaniladi. Bu ham mayli, savod çiqaradigan bolaga heç bölmasa I – I bu bitta emas ikkita tovuşni ifodalaşi töğrisida nönoq alifbelarimizda heç narsa deyilmaydi. Faqat bitta narsa, I – I harfi faqat bitta, çöziq I – [ i ] ni ifodalaşi qöpol tarza qoidalaştirilgan. Endi tasavvur qilib köring, bola «qizil», «biroq», «bir», «tiğiz», «meni», «sir», «tin», «qir» kabi sözlarni I ning çöziq formasi bilan talaffuz qilyapti... Siz ham xuddi şu ohangda aytib köring-çi? Juda ğalati ekanmi? Bu holat, öquvçida ikkilaniş paydo qiladi.
Iltimos, şunçaki yelka qisib qöyişdan qoçaylik. Axir bu bizda, ONA TILIMIZdagi, boşimizni devorga ursak ham qoçib qutula olmaydiganimiz Y tovuşiku! Nega hamma narsaga yetgan aqlimiz şunisiga kelganda oqsaydi? «Özbek tilida faqat 6 ta unli bor» degan eski, çala pişgan ertakni, dangasa ongimizdan qaçon çiqarib taşlaş lozim!
Endi, masalaning yana bir tomoni borki hayron qolasiz. Masalan «Qrim» sözida bir unli qatnaşgandek, amalda esa Q va R örtasida juda qisqa Y – [ ɨ ] (xalqaro fonetik alifboda) keladi (keyingi örinlarda qisqa I ni Y körinişida keltiramiz). Qardoş turkiy tillarda esa «Qyrym» yoki «Qırım» körinişida köproq qoidalaştirilgan. «Nima qipti şunga endi?» deydigan şoşma-şoşarlarimiz biroz öpkasini bosib olsin... Unda nega tilimizda «qirib», «qiriş», «kirim» sözlarida I yoziladi? Axir talaffuzda «Qrim»dagi körinmas böğin kabi bir xilku? Juda ğalati holat bir xil talaffuz, lekin ikki xil qoida!
Öz vaqtida 1920 –yillarda lotin yozuviga ötiş vaqtida alifbomizda bu ikki tovuş alohida, alohida qoidalaştirilgan. Yana öşa gap: 1940 yilda hurmatli «filologlarimiz»ni nimadir jin urib qisqa Y ni alifboga kiritişmagan,
Ba'zi slavyan tilşunoslari fikriga köra, rus tilida Y – [ ɨ ] tovuşi yondoş turkiy tillar ta'sirida paydo bölgan ekan. Qiziq fakt!
Nima bölgan taqdirda ham, biroz kallamizni köproq işlatişga töğri kelsa ham, tan oliş kerak özbek tilida Y – [ ɨ ] tovuşi bor va alohida harf körinişida ifodalanişi şart, şart va yana şart!
Endi Y – [ ɨ ] ni tilimizdagi çöziq şerigi bilan ma'no ajratadigan jihatlariga töxtalamiz. Masalan, «tir»(tyr) – taqlid söz (tirillamoq), «tir» (çöziq I) – pnevmatik öq otiş quroli, «sim» (sym) – metall tola, «sim» karta – uyali aloqani qabul qiluvçi modul, «Soni» - yapon firmasi nomi, «soni» – son sözining III şaxs egalik qöşimçasi bilan yozilişi, «jin» (jyn) – diniy adabiyotlarda salbiy talqin qilinuvçi mavjudot, «jin» – içimlik nomi. Bunaqa misollarni bir talay keltiriş mumkin. Ayniqsa xorijiy atoqli otlar bilan özbekça sözlardagi bu boradagi «öxşaşliklar» esa yuzlab topiladi.
Xöş, bu bizga nima beradi? Talaffuz va yozuv uyğunligi, tilimizning barça qirralarini maksimal darajada körsata oliş, öquvçida töğri talaffuz qoidalarini örganişni qulaylaştiriş, tilimiz orfoepik tabiatini yuzaga çiqariş va oxiri biz könikkanimizdan keyin ikki xil tovuşni farqiga boriş imkonini beradi.
4). Oxirgi törtinçi harfga töxtalmay ilojimiz yöq. Bu V – V!
«Yana nimani ixtiro qilmoqçisan?», «Juda maydalaşib, alifboni qiyin qilmaslik kerak» deyişingiz tabiiy. Albatta, sizni tuşunaman. Avvalgi maqolalarimda aytganimdek, biz uçun 20 ta unli va 24 ta undoş tovuşli ingliz tili yoki grammatikasi qiyin bölgan rus tilini örganişdan köra, özbek tilini ONGLI QABUL QILIŞ juda muşkul vazifa. Şunday emasmi?
Demak maqsadga ötaman. Ma'lumki, biz bilgan V – V jarangi undoş tovuş va alifbodagi F – F ning jarangli «şerigi»dir. Misol uçun, «varrak», «vertolyot», «Azizov», «Abdullayeva», «şovinist» kabilarda xuddi siz va biz öylaganday kam köstsiz. Uning jarangsiz şerigini uning örniga köyib köringçi. Töğri keladi. Lekin, es-huş va çiday olmaydigan diydamizni bir joyga qöyib öylaylikçi...
«Ötov», «ov», «tovuş», «kosov», «ovqat», «kelişuv» kabi sözlardagi V – V ni jarangsiz «şerigi» F – F deb tasavvur qila olasizmi? Masalan, özbek tilida söz oxirida kelgan jarangli tovuş jarangsizlaşişini bilamiz. Oddiy, familiyalardagi jarangli V – V tovuş jarangsizlaşyapti. Lekin «Ötov», «ov», «tovuş», «kosov», «ovqat», «kelişuv»larda esa jarangsizlaşmasdan çöziq U – U ga aylanyapti. Nega bilasizmi? Çunki bu YaRIM UNLI FONeMA!
Ha, hatto ba'zi tilşunoslarni xayoliga ham kelmagan gap böldi, bilaman. Ilmiy dalillar, isbotlar talab qilinişi turgan gap. Menimça, bu narsa har kuni quyoş şarqdan çiqib, ğarbga botişini ilmiy asoslaş şart bölmaganiday amalda bor-u, lekin e'tiborsiz holat. Ta'bir joiz bölsa «spravka» şart bölmagan dalil. Yanayam, aniqroği «belgisi yöq yetim tovuş».
«Xöp nima qipti?» deyişingiz mumkin. Masalan, ingliz va boşqa yevropa tillarida yarim unlilar deb atalgan tovuşlari mavjud (Masalan W va Y harflari köpinça şu tovuşlarni ifodalaydi). Nega deysizmi? Çunki, yarim unli özbek tilida bölgani kabi, ularning ham ona tillarida bor. Farqi esa bitta. Biz bilmaymiz, qabul qiliş biz uçun ölim bilan barobarday. Ular esa hamma tovuşlarini mayda çuydasigaça öz örniga qöyişadi. Tilga, töğriroği ONA TILIga bölgan e'tibori ulardan örgansak bölarmidi, deyman ba'zan.
Nima bölganda ham tilimizda [W] tovuşi borligini orlanmasdan, «uff» tormasdan tan oliş lozim va bu tovuş öz harfiga ham ega bölişi kerak. Bu tilimizning rang barangligini, asl tabiati, oğzaki nutq bilan töliq uyğunlaşişi va atoqli otlar, dunyoning xohlagan tiliga şakl şamoyili özgarmasdan moslaşişiga olib keladi. «kelishuw», «tuwak», «Mawluda» körinişida aynan yozişni nima noqulayligi bor? Ikkinçi tomondan özlaşma sözlar imlosida esa umumiy şakliy köriniş hosil böladi. Windows, Krosword va boşqa.
Bu borada, ona tilidagi har bir tovuşni boşiga kötaradigan boşqa turkiy qardoşlarimizdan örnak olsak arziydi. Uyğur, qozoq, qirğiz, turkman, tatar, qoraqalpoq va boşqa tillarda bu tovuş alohida harf bilan körsatilgan.
Yana öşa savol. Bu bizga nima beradi? Çet tillaridan özlaşgan, tilimiz tabiatiga mos kelsa-da, zörma zöraki, öylamasdan «ruslaştirilgan» sözlarni qulaylaştiriş imkonini beradi. Ma'lumki, rus tilida aynan yo V yo U harflari bor va bir-birini takrorlamaydi. Undan farqli özbek tilida V, U va yana örtada miyamizni farqlamaslikka «programmalaştirganimiz» [W] tovuşi bor. Tilimizda asosan, ingliz, arab va boşqa tillardan kirib kelayotgan sözlardagi [W] tovuşini ruslar özlariga moslab yo V yoki U bilan yozişni qoidalaştirgan. Bizda va boşqa yevropa tillarida bölgan, lekin rus tilida bölmagan [W] tovuşini aynan özi borku!
Nega imlo va talaffuzimizni birovlarni «oğziga qarab» qoidalaştirişimiz kerak? Yoki özbek tili uçun, moslaştiriş lozim bölgan «kumir» til bormi? Yoki şunçalik xorij tillari bilan aloqa qila olmaydigan kambağalmi özbek tili? Yoki 1989 yil 21 oktabrdan beri aravani quruq olib qoçayotgan filolog olimlarimiz biz mustaqil bölganimizga, haliyam lisoniy mustaqillikka könika olmayaptimi? Balkim, tilşunoslarimiz öz-özini senzura qilişdan qutula olmayotgandir? Yoki bizning alifbo va imlomizga nisbatan liberal köz bilan qaray olmayapmizmi? Na, öz tovuşlarimizni töğri joy-joyiga qöyamiz na, özlaşma sözlar imlosiga mas'uliyat bilan yondaşamiz?
«Daltonizm» haqida
Afrika va Osiyoning ba'zi millatlari va qabilalarini olimlar örganişganda ğalati holatni aniqlaşgan. Ya'niki, mahalliy tilda kök va yaşil, qizil va puşti, sariq va zarğaldoq, qora va jigarranglar uçun bitta söz işladi. Mutaxassislar ularda irsiy daltonizm kasalligi bor deb taxmin qilişgan. Çunki, uçta ta kök va bitta yaşil qalamni körsatib mahalliy xalqqa «Bu yerda qaysi biri boşqaça?» deb söraşsa, «Hammasi bir xil» deb javob berişgan. Bu kök va yaşil, qora va jigarrang töğrisidagi savolda ham takrorlanibdi. Ya'ni, ular ikki xil rangni bir biridan ajrata olmagan.
Ammo, keyingi tadqiqotlar, mahalliy aholi ranglarni töliq ajratişini körsatgan. Faqat öz tillarida puşti, yaşil, zarğaldoq va puşti ranglarni anglatadigan söz bölmagani uçun ikki xil rangni bir xil ataşgan. Mutaxassislar qabila oqsoqollariga hamma rangni öz nomi va farqi borligini aytib, törtta rang uçun söz taklif qilgan. Qabila esa, boşida bunga qarşi çiqqan. Ularning iddaosiça, «Farqi bölsayam, farqlasak ham mayli lekin biz uçun bu ikki xil ranglar bir söz bilan atalaversin» deb qarşi bölişgan.
Şunda ham, baribir bir neça yildan keyin, qabila tilida puşti, zarğaldoq, yaşil va jigarrangni anglatadigan sözlar öz örnini topib, alohida ahamiyat kasb eta boşlabdi.
Şunaqa «daltonik leksikali» tillar, dunyoning barça qit'alarida topiladi. Hatto, yevropada ham yaqin tarixda ikki yo, uç xil ranglar uçun bir söz işlatişgan. Vaziyat esa yuqoridagidek. Közlari körsa ham, ajrata olsa ham, töliq farqlay olsa ham, körib bila turib, körmaslik tamoyilini ma'qullaşgan. Bugungi ularda ham boşida könika olişmagan ranglarining alohida öz nomi bor.
Adabiy tilimizda esa bugun imloviy va fonetik daltonizm hukm surmoqda. Bilsak ham, farqlasak ham ta'lim tizimi va darsliklardagi nönoqliklar jamiyatni «eski hammom, eski tos» körinişida, tafakkur darajamizni örtaçadan ham pastga tuşirmoqda.
ONA TILIMIZDA ham bir neça xil tovuşlar va ularni farqlaşni xohlamaslik kayfiyatini xuddiki, afrika qabilalarining ranglarni körib körmaslikni xohlaş istagiga öxşatiş mumkin.
Yana mavzuga: islohotdagi qörquvga soluvçi vahimalar
«Yana savodsizlik boşlanadi» bahonasini, azizlar, siyqasi çiqib ketgan. Negadir, 1940 yilda şoşma-şoşarlik bilan ötilgan bölsa-da, kirill alifbosida heç kim savodsizlaşmagan. Negaki, öşanda kirill yozuvining kuçli siyosiy tarğiboti şunçalik ediki, töliq ötişga II jahon uruşi ham xalaqit qila olmagan. Bugun esa ziyolilardan tortib boşqa ongli jamiyat a'zosigaça tilimizni himoya qilişda VATANPARVARlik yetişmaydi.
Qaytaraman, faqat biz emas, Sobiq ittifoqda 30 dan ortiq millat ham 2-3 marta yozuvini almaştirdi. Lekin, bizga öxşab «savodsizlik» bahonasi bilan qörqib, özini yöqotib, tiliga diydasizlik qilgani yöq. Hozir, biz ham, ular ham savodliku.
«Eski adabiyotlardan uzoqlaşib keladi» bahonasi ham dangasalar tomonidan öylab topilgan çöpçak. Öşa eski adabiyotni hozirgi yozuvga ögirsangiz ham, xohlamagan odam heç narsa öqimaydi.
«Ziyolilar»imizning yana bir bahonasi «Yozuv murakkablaşib ketadi»... Örta Osiyo xalqlari 1920 yillargaça 10 asr arab yozuvidan foydalanganda, bu boradagi murakkabliklar va boşqa noqulayliklar heç kimni bezovta qilmagan ekan-a. Hatto, faqat arabça sözlar uçun işlatiladigan uç xil X va H, tört xil S, uç xil Z, ikki xil T ni örta asrlardayoq hamma farqlab, noqulaylik sezişmagan ekan. Aksinça yozuvni mas'uliyat bilib örgangan. Biz esa öz tilimizdagi siz farqlaydigan tovuşlarni bizga, kelajak avlodga qulay bölsin, deb öz örniga qöymoqçimiz xolos!
«Yangi grammatik qoidalarni işlab çiqiş»... muşkul bölişi rost. Lekin, tilimizning ravnaqi va asl tabiatini namoyon qilişi uçun tilşunoslarimiz öz fidoyiliklarini körsatişi hamda «çala imlo»ni özgartirişlari lozim. Bunda Hukumat darajasida işçi guruhi tuzilib, ularga amaliy yordam körsatilişi kerak böladi.
«Kitoblarni qayta naşr etiş»... Bugungi kungaça ham oxirgi 20 yilda, asosiy adabiyotlar kirill alifbosida naşr etildi. Lotinça naşrlar esa unçalik ham köp emas. Asosiysi ham darsliklardir. Lekin, darsliklar har 3-4 yilda tinmay yangilanib turibdi. Yana, XXI axborot texnologiyalari asrida, naşrlarni kirilldan lotinga ögiriş bitta tugmali, bir neça soniyali iş ekanligini unutmasak böldi.
«Yangi qoidalar böyiça öquvçi va kadrlarni qayta tayyorlaş» masalasining yeçimi özimiz va fidoyiligimiz! Bu muammoni qisqa muddatda hal etadigan quyidagi takliflarni ilgari suraman:
Albatta, bunda birinçi navbatda, til siyosatiga hukumat darajasida HAQIQIY E'TIBOR talab qilinadi;
Ikkinçidan, OAV bu boradagi tarğibotda faol iştirok etişi lozim. Özlari örnak bölib birinçi navbatda isloh qilingan alifbodan foydalanişi lozim;
Uçinçidan, «katta avlod» uçun qulay qöllanmalar çiqarilişi lozim. Misol uçun, yonida olib yuriş uçun «çöntak broşyuralari», mobil ilovalar, kompyuter dasturlari va hokazo;
Törtinçidan, yangi isloh qilingan alifbo asosidagi imlo luğatining elektron körinişini barça uçun bepul foydalanişi uçun oçiq qiliş;
Beşinçidan, ijtimoiy tarmoqlarda bu boradagi tarğibot guruhlari faoliyatini yölga qöyiş lozim.
Oltinçisi, ziyolilarimiz va filolog pedagoglardan iborat işçi guruhlari tomonidan joylarda çekka hududlarda bir kunlik kurslar taşkil etişni yölga qöyiş.
Yettinçisi, taşqi reklama, e'lonlar, çop etilayotgan broşyura va boşqalarda davlat tili imlo qoidalariga töliq rioya etilişini qat'iy nazoratga oliş hamda bu bordagi tegişli ma'muriy çoralarni nazarda tutiş lozim.
Oxirgi sakkizinçisi, ijtimoiy reklamalar va 15-20 daqiqali davomli teledarslar körsatilişi kerak.
«Katta xarajatlar» bölişi rost. Lekin, bugun alifbo isloh etilib, ertaga hamma narsani özgartirişni söramaymiz. Bu jarayon kamida 2-3 yil içida bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi. Natijada, birdaniga hamma sohalarga oğirlik tuşişi oldi olinadi. Eng muhimi bugungi Alifbo islohoti, Navoiy va Bobur tili, ertangi kunimiz, farzandlarimizning kamoli uçun kiritilgan INVeSTITsIYaDIR!
Töğri, tilning imlo va alifbo islohoti yengil jarayon emas. Lekin, hozir islohot uçun imkoniyatdan unumli foydalanmaslik, bu masalaga pajara ortidan, oğir yukday qaraş ONA TILIMIZ ötmişi, buguni va kelajagiga qilingan xiyonatdir!