Sport | 12:06 / 27.03.2018
9303
1 daqiqa o‘qiladi

«Real» – «Yuventus» o‘yini chiptalari rekord darajadagi qisqa vaqt ichida sotilib ketdi

Foto: UEFA

Chempionlar Ligasi chorakfinalidan o‘rin olgan «Real» – «Yuventus» o‘yini chiptalari 8 daqiqa ichida sotilib ketdi, deb xabar beradi Marca. 

26 mart kuni soat 10-00da onlayn kassalarga chiqqan chiptalar 10-08da sotib bo‘lingan. Bu rekord darajadagi qisqa vaqtdir.

Eslatib o‘tamiz, o‘yin o‘tkaziladigan «Santyago Bernabeu» stadioni 81 mingdan ortiq muxlisni o‘z bag‘riga oladi. 

«Real» – «Yuventus» qarama-qarshiligidagi dastlabki o‘yin 4 aprel kuni Turinda, javob bahsi 11 aprel kuni Madridda o‘tkaziladi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid