Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlar mulkini o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi
Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, 2017 yil 4 avgust kuni noma'lum shaxs “Ziyovuddin” dehqon bozori hududida joylashgan omborxonaga devorini buzish yo‘li orqali kirib, u yerdan tadbirkor, 1973 yilda tug‘ilgan A.Yu.ga tegishli umumiy qiymati 2 mln 500 ming so‘mlik, xususiy tadbirkor, N.O‘.ga tegishli umumiy qiymati 4 mln 30 ming so‘mlik va xususiy tadbirkor, F.X.ga tegishli umumiy qiymati 11 mln 350 ming so‘mlik kiyim-kechaklarini o‘g‘irlab ketgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Paxtachi tumani M.Ulug‘bek mahallasida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan Y.X. sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
10:37 / 07.07.2026
Toshkentda onlayn qimor uchun mashina o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
15:39 / 03.07.2026