Jamiyat | 11:17 / 28.03.2018
10218
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Veritas Prep Academy: IELTS natijangizni 1 oyda 2 ballgacha ko‘tarib oling

Foto: Veritas Prep Academy

Toshkent shahridagi Veritas Prep Academy o‘quv markazi ingliz tili o‘qitish va IELTS imtihonlariga tayyorlash bo‘yicha mukammal darslarini taklif etadi. O‘quv markazimizda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tahsil olishingiz mumkin:

  1. Boshlang‘ich ingliz tili darslari;
  2. Ingliz tili imtihoniga tayyorlash;
  3. Ingliz tilida bemalol gaplasha olish va biznes ishlarida muloqot;
  4. IELTS va CEFR imtihonlari;
  5. IELTS’ning biror modulida natijangizni bir oyda 2 ballga oshirish.
Foto: Veritas Prep Academy

A. Boshlang‘ich ingliz tili darslari:

Bunda ingliz tili imtihonlariga tayyorlanish, bemalol suhbatlasha olish, biznes muloqot, IELTS yoki CEFR bo‘yicha sertifikat olish uchun boshlang‘ich, poydevor bilimlar beriladi.

Ingliz tilini o‘rganishda ushbu bosqich o‘ta ahamiyatli bo‘lib, qisqa fursatda yaxshi ta’lim berilmasa, o‘quvchida qiziqish so‘nadi yoki til o‘rganishni qiyin deb hisoblab qoladi. Shuningdek, boshlang‘ich bilimlar mustahkam bo‘lmasa, til o‘rganish yoki imtihonlarga tayyorlanish ham og‘ir kechadi.

Veritas Prep Academy’da boshlang‘ich ingliz tili darslarini o‘rtacha ikki oy davomida o‘qib, hikoya va yangiliklarning mazmunini bemalol tushuna oladigan bo‘lasiz.

Foto: Veritas Prep Academy

B. Ingliz tili imtihoniga tayyorlash:

Bunda guruhlar o‘quvchilarning yoshidan qat’iy nazar tuziladi. Ushbu darslarda maktab, kollej yoki litsey, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchi, shuningdek, abituriyentlar ham tayyorlanishi mumkin. Odatda, bunday guruhlarda ingliz tili imtihonlarini a’lo baholarga topshirishni xohlovchilar yoki keyinchalik yuqori balli (7-8 ball) IELTS, CEFR sertifikatlarini olishni istovchilar tayyorlanishadi.

Bu yo‘nalishda ta’lim olib, ingliz tilidagi barcha matnlarni oson tarjima qila olasiz hamda o‘zingiz ham fikrlaringizni bemalol yozasiz. Shuningdek, ingliz tili grammatikasiga asoslangan maxsus test va topshiriqlarni ham qiynalmasdan ishlaysiz.

Foto: Veritas Prep Academy

C. Ingliz tilida bemalol gaplasha olish va biznes ishlarida muloqot:

Agar siz chet elga tez-tez sayohat qilsangiz yoki biznesingiz sabab ingliz tilida muloqot qilishingizga to‘g‘ri kelsa, suhbat uchun asosiy bilimlarni o‘rganib, bemalol fikringizni bayon qila olishingiz mumkin. Albatta, buning uchun maxsus tuzilgan kurslarni o‘rganib chiqish kerak bo‘ladi.

Veritas Prep Academy ustozlarining tajribasiga ko‘ra, bu yo‘nalishda o‘qishni istaydiganlarda vaqt muammo bo‘ladi, shu bois juda qisqa muddatda muhim muloqot birikmalarini o‘rganish kerak. Shu sababli, o‘quv markazi maxsus, interaktiv darslarni ishlab chiqqan. Markazimizga tashrif buyurib, ular bilan batafsil tanishishingiz mumkin.

Foto: Veritas Prep Academy

D. IELTS va CEFR imtihonlari:

Veritas Prep Academy o‘quv markazining asosiy o‘quvchilarini IELTS imtihoniga tayyorlanuvchilar tashkil etadi. Chunki, biz bir oy ta’lim berish davomida IELTS natijangizni 2 ballgacha oshirishni kafolatlaymiz.

Deylik, sizning IELTS imtihoningizga qisqa muddat qoldi va sizga bir oy ichida 1 ball kerak, bunga erishishingizda yordam beramiz. Xuddi shuningdek, 1,5 ball kerakmi, albatta eplaysiz yoki bir oyda 2 ball kerakmi, buning ham iloji bor. Hatto bizda IELTS imtihoniga tayyorlanib, 8 ball olgan o‘quvchilar ham talaygina.

Bizda CEFR imtihonlariga tayyorgarlik ham xuddi shunday kechadi. Shu sababli, Toshkentning qayerida IELTS va CEFR imtihonlariga zo‘r tayyorlanish mumkin, degan savol sizni qiynayotgan bo‘lsa, u holda unga javob topildi, deb hisoblayvering. Bu — Veritas Prep Academy!

E. IELTS’ning biror modulida natijangizni bir oyda 2 ballgacha oshirish:

Ushbu yo‘nalish o‘quv markazimizning maxsus loyihasi hisoblanadi. Agar siz IELTS imtihoniga tayyorlanayotgan bo‘lsangiz-u, biror modulda bilimingiz ortda qolayotganini sezsangiz, biz sizga qisqa fursatda natijangizni oshirish imkoniyatini taqdim etamiz.

  • Nima taklif qilamiz: IELTS’ning bitta moduliga katta e’tibor qaratilgan darslar. Har bir modul bo‘yicha alohida o‘qituvchi — professional dars o‘tadi;
  • Bu qanday bo‘ladi: Bunda Writing, Reading yoki Listening + Speaking’dan ortda qolayotgan bo‘lsangiz, biz bir oy ichida, ularning biridan olayotgan bahongizni intensiv — qisqa muddatda ko‘proq darslar bilan 2 ballgacha oshiramiz;
  • Qanday bo‘limlar mavjud: Uch xil bo‘lim (package) bor — Writing, Reading va Listening + Speaking;
  • Bitta bo‘lim davomiyligi: 1 oy (8 ta dars). Haftada 2 kun, 3 soatdan;
  • Qanday farqi va foydasi bor: Biz IELTS bilan shug‘ullanayotgan, lekin qaysidir modulda ortda qolayotganlarga aynan shu modul bo‘yicha yordam beramiz. Ya’ni hozir shug‘ullanish uslubingizni to‘ldiramiz yoki dars olayotgan joyingiz bera olmayotgan bilimlarni beramiz. Shu tariqa, imtihonga barcha modullarda to‘liq bilim bilan borib, 7 balldan yuqori natija qayd etasiz.
Foto: Veritas Prep Academy

Marhamat, o‘quv markazimizga tashrif buyuring. Bizda birinchi imtihon bepul va qaysi modulda ortda ekanligingizni bilib olishingiz mumkin. Shu tariqa, bilimlaringizni biz bilan mustahkamlab ham olasiz:

  • Manzilimiz: Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi, 77-uy
  • Mo‘ljal: «Buyuk ipak yo‘li» metro bekati
  • Telefon: +998(93) 383-55-77

_______________

Bizni Facebook va Instagram sahifalarimizda ham kuzatib borishni unutmang!

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid