Prezidentning 28.03.2018 yildagi F–5239-son farmoyişida Qonunçilik ijodkorligi faoliyatini takomillaştiriş konsepsiyasining asosiy qoidalari va uni amalga oşiriş muddatlari belgilangan, deb yozmoqda Norma.
 
Eslatib ötamiz, 2018 yil Davlat dasturining 1-bandida uning qabul qilinişi belgilangan, Kontseptsiya ustidagi iş esa 1 avgustga kelib yakunlanişi kerak.
 
Davlat rahbarining qarori bilan Qonunçilik palatasi Spikeri raisligida Işçi komissiya taşkil etilgan. U mavjud qonunçilik ijodkorligi faoliyati tizimini çuqur tanqidiy tahlil qiladi, xorijiy tajribani örganadi, şuningdek mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etadi. Kontseptsiya loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyiladi va Internet tarmoğida joylaştiriladi.
 
Hujjat uzoq muddatli istiqbolda – 2027 yilgaça amal qilişi möljallangan. Uning matni tayyor bölmasa-da, qabul qilingan farmoyiş va 2018 yil Davlat dasturida Kontseptsiyaning yakuniy variantiga kiritilişi kerak bölgan asosiy qoidalar belgilab berilgan.
 
Masalan, «aqlli tartibga soliş» modellari va qabul qilinayotgan qarorlar ta'sirini tahlil qiliş metodologiyasi joriy etiladi. Qonunçilik ijodkorligining zamonaviy uslublari ham joriy etiladi. Ular sirasiga quyidagilar kiradi:
 
• «one in two out» – bitta yangi qoida qabul qilinganda ikkita eskirgani bekor qilinadi (bu bilan ma'muriy çiqimlarning qisqartirilişi ta'minlanadi);
• «sunset clauses» – muayyan vaqt ötgandan keyin norma öz kuçini yöqotadi yoxud samaradorligini baholaş yakunlariga köra qayta körib çiqilişi kerak böladi (şu tariqa normalar eskirişining oldi olinadi);
• «open ended» – zarurat tuğilganda qoidaga çeklovlarsiz özgartiriş va qöşimçalar kiritiladi.
 
Ilgari vazirliklar, davlat qömitalari va idoralari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinişi amaliyotini qisqartiriş töğrisidagina söz borgan bölsa, qabul qilingan farmoyişda uni töliq bekor qiliş nazarda tutilmoqda. Idoraviy hujjatlarni qabul qiliş amaliyotiga barham berilişi kerak. Bundan taşqari, Prezident, Hukumat, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari kamayadi. Tizimlaştirilgan, kodlaştirilgan, töğridan-töğri amal qiluvçi qonunlar ular örnini bosadi. Mazkur qonunlar yanada batafsil tus oladi, ularni qöllaş uçun qöşimça qonun hujjatlarini qabul qiliş talab etilmaydi.