Özbekistonda yöl harakati qoidalari kutilmaganda yangilanişi ortidan, jamoatçilikda savollar uyğondi, çunki mazkur özgarişlar tasdiqlanişidan oldin belgilangan tartibda muhokamaga çiqarilmagan edi.

Ma’lum bölişiça, barça normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jamoatçilik muhokamasi ötkazilişi uçun regulation.gov.uz portaliga majburiy joylaştiriş tartibi 2022 yil 17 martdan boşlab bekor qilingan.

Şu kuni qabul qilingan prezident farmoniga asosan, 2018 yil 3 apreldagi qarorga özgartiriş kiritilib, undagi «barça normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari» sözlari «muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, qoida tariqasida» sözlari bilan almaştirilgan.

Şu bilan birga, qanday turdagi hujjatlar «muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega» bölişi, bunday kriteriyni kim belgilaşi oçiq qoldirilgan.

Adliya vazirligi 2020 yilda normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi muhokamaga qöyilmasa, avtomatik rad etiladigan tartib örnatilişiga oid talabni «Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida»gi qonunga ham kiritişni taklif qilgandi. Lekin yakunda bunday tartib öşa yili yangilangan bu qonunga kiritilmagan.

Biroq 2022 yil 17 martga qadar amalda bölgan prezident farmoniga zid ravişda köplab hujjatlar, hatto qonunlar ham jamoatçilik muhokamasiga e’lon qilinmasdan qabul qilingan holatlar ma’lum.

Iqtisodçi Otabek Bakirov mazkur yangilikni «ikkita katta qadam orqaga yuriş» deya baholagan.