Jahon | 23:09 / 29.03.2018
18610
1 daqiqa o‘qiladi

Skripalning qizining ahvoli yaxshilanmoqda

Foto: TASS

Buyuk Britaniyaning Solsberisidagi voqea oqibatida jabrlangan, Rossiya fuqarosi, GRUning (Rossiya Bosh razvedka boshqarmasi) sobiq polkovnigi Sergey Skripalning qizi Yuliya Skripal “tez sog‘aymoqda” va uning ahvoli boshqa o‘ta xavfli deb hisoblanmayapti.

“Uning ahvoli hozirda barqaror”, deb ma'lum qilganlar shifokorlar. Uning otasi Sergey Skripalning ahvoli esa “xavfli, biroq barqaror” qolmoqda.

4 mart kuni Rossiyada Buyuk Britaniya foydasiga josuslikda ayblangan Sergey Skripal va uning qizi Yuliya Britaniya hukumati fikricha, asab-falajlovchi modda ta'siriga uchragan. Keyinroq London bu modda go‘yoki Rossiyada ishlab chiqilganini ta'kidlab, shu asosda Moskvani ushbu voqeaga aloqadorlikda ayblagan. Rossiya bu ayblovlarni rad etib, bunday moddani yaratish dasturi sobiq ittifoqda ham, Rossiyada ham bo‘lmaganini aytgan.

Mavzuga oid