Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik ayol kiyimidagi so‘zning tarjimasidan achchiqlanib, tegishli idoralarga shikoyat qildi
Xitoyning Tsindao shahrida yashovchi ayol unga “die” yozuvi bo‘lgan kiyimni sotgan do‘kondan tovon puli talab qilmoqda. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar bermoqda.
Ayolning ta'kidlashicha, maktabda ota-onalar yig‘ilishida o‘qituvchi die so‘zi ingliz tilidan “o‘l” degan ma'noni anglatishini aytmaguncha, u bu yozuvning tarjimasini bilmagan va majlisda odamlar nima uchun unga g‘alati qarashayotganini tushunmagan.
Bundan achchiqlangan ayol kiyimni do‘konga qaytarib olib borgan va tovon puli talab qilgan. Do‘konda ayolni yozuvning boshqa ma'nolari bo‘lishi ham mumkinligiga ko‘ndirishga urinishgan, so‘ngra 400 yuan (60 dollar) taklif qilishgan. Biroq ayol bu summani yetarli emas, deb hisoblab, tegishli idoralarga shikoyat qilgan.
Ayolning aytishicha, ushbu voqea uning oilasiga ma'naviy ziyon yetkazgan. Uning ta'kidlashicha, shu sababli uning farzandi yig‘loqi bo‘lib qolgan. Voqea mahalliy nazorat organi tomonidan taftish qilinmoqda.
“Ba'zi xaridorlar ingliz tilini bilishmaydi, shu sababli savdogarlar bunday tovarlarni sotishda e'tiborliroq bo‘lishlari kerak”, deb aytgan huquqshunos Li Yunshen.
Mavzuga oid
20:05 / 15.07.2026
NATO nega Xitoyni strategik raqib sifatida ko‘ra boshladi?
18:11 / 15.07.2026
Xitoy avtomobil bozori jahon reytingida 1-o‘rinni egalladi
18:33 / 13.07.2026
Bigme ikkita ekranli HiBreak Dual 2 smartfonini taqdim etdi
08:50 / 13.07.2026