Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xodimlariga 4 kun ishlashga ruxsat bergan kompaniya samaradorlik o‘sishini qayd qildi
Perpetual Guardian boshqaruv kompaniyasining tajribasi mart oyi boshida boshlangan va aprel oyi oxirida yakunlanadi. Kompaniyaning 200 nafar xodimi besh kunlik ishchi haftasi uchun to‘liq maosh olgan holatda, juma kunlari dam olish imkoniga ega bo‘lishdi.
Kompaniya rahbari Endryu Barnsning so‘zlariga ko‘ra, xodimlar yanada ijobiy ruhda ishlay boshlashgan, chunki ularda kutilmaganda avvalroq tugatish imkoni bo‘lmagan ishlarni bajarish uchun bo‘sh vaqt paydo bo‘ldi.
Foto: Employee Benefits
"Biznes egasi sifatida ayni damda bu tajribaning salbiy natijasini ko‘rayotganim yo‘q".
Endryu Barns
Perpetual Guardian rahbari
Kompaniyaning Kirsten Teylor ismli xodimi ofisdagi muhit ancha sokinlashgani, kuler yonidagi suhbatlar esa deyarli to‘xtaganini sezgani haqida aytdi.
"Tajriba men o‘ylagandan-da murakkab bo‘lib chiqdi. Biroq uning tugashini o‘ylab asabiylashyapman. Avvalgi ish rejimiga qaytishni istayotgan biror xodimni bilmayman".
Kirsten Teylor
Perpetual Guardian xodimi
Perpetual Guardian kadrlar bo‘limi boshlig‘i Kristin Brazertonning aytishicha, aksariyat xodimlar kuch-quvvatga to‘lgan, lekin ularning ba'zilari o‘z samaradorligini oshirmagan.
"Ba'zi xodimlar biz haftasiga uch kun dam olsak, qolgan to‘rt kuni maksimal darajada samarali ishlashimiz kerakligini oxirigacha anglab yetishmagan".
Kristin Brazerton
Perpetual Guardian kadrlar bo‘limi boshlig‘i
Perpetual Guardian'dan ma'lum qilishlaricha, tajriba yakunlari iyul oyida e'lon qilinadi - o‘shanda kompaniya avvalgi ish rejimini qaytarish yoki to‘liq to‘rt kunlik ish kuniga o‘tishga doir qarorni qabul qiladi.
Mavzuga oid
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
15:09 / 07.01.2026
Ishga joylashtirish bo‘yicha hukumatlararo kelishuvlar soni oshiriladi
16:54 / 25.12.2025