Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva 23 davlat diplomatlarini chiqarib yuboradi
«Skripal ishi» tufayli qator mamlakatlar Rossiya diplomatik vakolatxonalari vakillarini chiqarib yuborgan edi. Bu choralarga javob tarzida Moskva ham qator mamlakatlar diplomatlarini chiqarib yubormoqda.
Bugun, 30 mart kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga 23 mamlakat elchilari chaqirildi va ularga ushbu davlatlar bilan munosabatlardagi yangi choralar haqida ma'lum qilindi.
«30 mart kuni Rossiya TIVga Avstraliya, Albaniya, Germaniya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Latviya, Litva, Makedoniya, Moldaviya, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Ruminiya, Ukraina, Finlyandiya, Fransiya, Xorvatiya, Chexiya, Shvetsiya, Estoniya diplomatik missiyalari rahbarlari chaqirildi», deyilgan TIV matbuot xizmati xabarida.
Elchilarga ularning davlatlari Buyuk Britaniya bilan birdamlik ramzi sifatida RF diplomatlarini chiqarib yuborishga qaror qilganliklari uchun qat'iy norozilik notalari bildirilgan.
RF TIV xabarida qayd etilishicha, bu ro‘yxatga oxirgi pallada qo‘shilgan Belgiya, Vengriya, Gruziya va Chernogoriya bilan munosabatlarda qanday choralar qo‘llanishi keyinroq ma'lum bo‘ladi.
Skripal ishi
4 mart kuni RF Razvedka bosh boshqarmasi sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya Angliya janubidagi Solsberi shahrida behush holda topishdi. Buyuk Britaniya hukumati sobiq agent SSSRning «Novichok» dasturi doirasida ishlab chiqarilgan, asab tizimini falajlovchi kimyoviy modda bilan zaharlanganini ma'lum qildi va buning uchun izoh so‘radi. Rossiya bu so‘rovni e'tiborsiz qoldirgach, Buyuk Britaniya Rossiyani o‘z hududida qurol qo‘llashda aybladi va 23 nafar rossiyalik diplomatni o‘z hududidan chiqarib yubordi.
Britaniyani Yevropa Ittifoqi davlatlari, shuningdek, AQSh, Kanada, Norvegiya, Avstraliya, Moldaviya, Albaniya, Makedoniya va Ukraina qo‘llab-quvvatladi.
Umumiy hisobda diplomatik vakolatxonalarni Rossiya TIVning 140 nafardan ortiq xodimlari tark etishadi.
Bundan avvalroq Rossiya TIV amerikalik elchi Jon Hantsmanni chaqirtirgan edi. AQSh elchisiga 60 nafar amerikalik diplomat Rossiyadan chiqarib yuborilishi va Sankt-Peterburg shahridagi AQSh vakolatxonasi yopilishi haqida ma'lum qilindi.
Mavzuga oid
14:33 / 22.09.2021
Skripallarning zaharlanishi. Britaniya yana bir gumonlanuvchiga ayblov e'lon qildi
08:30 / 15.06.2020
Skripallarni zaharlashda ishlatilgani aytilgan «Nukus zahri» chindan ham mavjudmi?
00:01 / 08.06.2020
Manba: Sergey Skripal va qizi boshqa ism bilan Yangi Zelandiyada yashamoqda
17:08 / 04.03.2019