Jahon | 11:45 / 30.03.2018
6750
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada jiddiy YTH, 17 nafar qochqin halok bo‘ldi

Foto: Anadolu

Turkiya sharqida ichida noqonuniy qochqinlar bo‘lgan mikroavtobus yo‘l-transport hodisasiga uchradi, natijada 17 kishi halok bo‘ldi va 36 inson jarohat oldi. Bu haqda Anadolu xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, hodisa Ig‘dir – Qars trassasida yuz bergan. Afg‘oniston va Pokistondan bo‘lgan qochqinlar o‘tirgan mikroavtobus yo‘ldagi to‘siqqa kelib urilgan va yonib ketgan. Aytilishicha, qochqinlar Turkiya-Eron davlat chegarasini noqonuniy tarzda kesib o‘tgan.

«Yo‘l-transport hodisasi oqibatida, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 17 kishi halok bo‘ldi, 36 inson jarblandi. Yetti nafar jabrlanganning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda», - deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid