Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonlik bir guruh ziyoratchilar O‘zbekistonga tashrif buyurdi
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
Pokistonlik sayyohlar guruhi ziyorat turizmi dasturi bo‘yicha O‘zbekistonga kelishdi. Samarqandga bir marta tashrif buyurgan, ushbu safar tashkilotchisi Qosim Ali Shoh juda hayratga tushgan va u o‘z mamlakatidan sayyohlarni bir guruhga to‘plab, O‘zbekistonga amalga oshirgan safarini reklama qilgan. Uning YouTube kanalini yarim milliondan ziyod foydalanuvchi kuzatib boradi, hamda bu safar u bilan 135 kishi uchib keldi.
I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida pokistonlik ziyoratchilarini Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va MAK, mahalliy sayyohlik kompaniyalari, mehmonxonalar va ommaviy axborot vositalari vakillari tantanali tarzda kutib oldi.
O‘zbekistonlik jurnalistlarga bergan intervyusida guruh rahbari O‘zbekiston haqida, uning tarixi, madaniyati, o‘zbek xalqining an'analari va tarixiy obidalari, urf-odatlari, shuningdek, davlatlar o‘rtasida jadal rivojlanib borayotgan munosabatlar haqida iliq fikrlar bildirdi. Uning ta'kidlashicha, mamlakat sayyohlik salohiyati, xususan, ziyorat turizmi sohasida juda katta ekaniga qaramay, O‘zbekiston juda mashhur emas va u haqida ko‘p odamlar bilmaydi. Uning qayd etishicha, butun dunyoga O‘zbekistonni tanitishda yordam bermoqchi hamda uni ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ib qiladi, chunki bu marketingda juda kuchli vositadir.
Qosim Ali Shoh Pokistonda jurnalist sifatida tanilgan, bolalar uchun bir necha yuzlab ta'lim muassasalari tarmog‘i egasi, yozuvchi, xayriya bilan shug‘ullanadi.
Samarqand va Buxoro bo‘ylab safar chog‘ida Pokistondan kelgan 135 nafar ziyoratchi mamlakatimizning qadimiy boy tarixi bilan tanishadi hamda muqaddas ziyoratgohlariga tashrif buyuradi.
4 aprel kuni, O‘zbekistonda muqaddas joylarga tashrif buyurganlaridan so‘ng, mehmonlar Lahorga jo‘nab ketadilar.
Mavzuga oid
12:50 / 26.01.2026
2025 yilda Gurjistonga borgan o‘zbekistonliklar soni keskin oshgan
16:30 / 23.01.2026
Prezident Hastimom mahallasidagi turistik obektlarda bo‘ldi
14:42 / 23.01.2026
Pokistonda qolgan afg‘onlar kompensatsiyadan ko‘ra ko‘chishni afzal ko‘ryapti
16:35 / 22.01.2026