Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda mehmonxona qulashi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi
Foto: Barathi TV
Hindiston markazidagi Indaur shahrida joylashgan 4 qavatli mehmonxonaning qulashi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Asian Age nashri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, vayronalar ostidan 10 kishini chiqarib olishga muvaffaq bo‘lingan. Biroq ulardan 9 nafari – 2 ayol va 7 erkak shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan, yana bir kishi og‘ir ahvolda qolmoqda. Ta'kidlanishicha, mehmonxona vayronalari ostida 50 ga yaqin odam qolgan bo‘lishi mumkin. Mehmonxonada hammasi bo‘lib 25 ta xona bo‘lgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, mehmonxonaning qulashiga unga katta tezlikda kelib urilgan mashina sabab bo‘lgan. Ayni vaqtda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:04
Tramp: Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi
22:57 / 02.02.2026
Tramp Rossiya neftidan voz kechish evaziga Hindiston uchun bojlarni pasaytirdi
15:14 / 30.01.2026
O‘zbekistonga o‘qishga kelganlar soni oshdi: Hindiston va Turkmaniston yetakchi
21:23 / 28.01.2026