08:19 / 01.04.2018
26497

Zlatan debyut o‘yinida yirik hisobda yutqazayotgan jamoasiga g‘alaba olib keldi

«Los-Anjyeles Gelaksi» MLS 4-turida «Los-Anjyeles» ustidan irodali g‘alabaga erishdi. Karsondagi «Stabhab sentr — Houm Depot-sentr» stadionida kechgan uchrashuv 4:3 hisobida mezbonlar jamoasi foydasiga hal bo‘ldi.

Birinchi bo‘limda mehmonlar a'zosi Karlos Vela dublga erishdi. Ikkinchi bo‘limda «Los-Anjyeles» Deniel Stirsning golidan keyin 3 to‘p farqi bilan oldinga chiqib oldi. 61-daqiqada «Gelaksi» yarim himoyachisi Sebastyan Lletget birinchi javob golini urdi, ko‘p o‘tmasdan Kris Pontius hisobni yanada qisqartirdi. 70-daqiqada mezbonlarning yangi futbolchisi Zlatan Ibrahimovich maydonga tushdi va u debyut o‘yinidayoq qahramonga aylandi. Shvetsiyalik hujumchi 77-daqiqada uzoq masofadan fantastik zarba yo‘llab hisobni tenglashtirdi, qo‘shimcha vaqtda boshi bilan gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

4 turdan keyin «Gelaksi» G‘arbiy konferensiya turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda, «Los-Anjyeles» – to‘rtinchi.

Top