Ibrahimoviç, Beyl, Iguain va bu yil faoliyatini yakunlagan boşqa yulduzlar
|20:06 / 28.06.202339 15314 min
Bu yil ham öndan ortiq afsonalar butsalarini mixga ildi.
Foto: «Sport Ekspress»Foto: «Sport Ekspress»
Zlatan Ibrahimoviç (41 yoş)
Bu sodir böldi — oxir-oqibat Zlatan tugatdi. Şvetsiyalik hujumçi «Malmyo», «Ayaks», «Yuventus», «Inter», «Barselona», «Milan», «PSJ», «Mançester Yunayted» va «Los-Anjyeles Gelaksi» klublarida öynadi. U 32 ta sovrinni qölga kiritdi, 600 gol urdi va çiroyli tarzda xayrlaşdi: muxlislar bilan tölib-toşgan «San-Siro»ga mikrofon bilan kirib, nutq sözladi, olqişlarga sazovor böldi va hatto yiğladi. Zlatanni heç qaçon bunday körmaganmiz. Milanlik muxlislar afsonani közda yoş bilan kuzatişdi.
Öşa oqşom «Milan» bilan töqnaşgan «Verona» muxlislari şved futbolçisi nutq sözlaganida huştak çalişdi. Zlatan esa öz uslubida javob berdi: «Davom eting. Bu siz uçun mavsumdagi eng yaxşi lahza — siz meni kördingiz». Bu gapdan keyin milanliklar Ibrani yanada olqişladi.
Marosimdan söng Zlatan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xayrlaşuv maktubini yozdi: «Men Malmyoda tuğildim. Amsterdamda ösdim. Turinda aqlim kirdi. Barselonada şerga aylandim. Milanda ösdim va Parijda yangi istiqbolni topdim. Mançesterda kuçimni jamladim, Los-Anjyelesda dam oldim. Va nihoyat, Milanda — yangi vatanimda tugatdim.
Meni sizlar yaratdingiz. Ortda qoldirayotgan merosim esa men yaratgan barça yangi Zlatanlardir. Şer yuragiga ega bölganlarning hammasi. Közlarida olov borlarning hammasi. Heç narsa imkonsiz emasligini çin dildan tuşunadiganlarning barçasi».
Calciomercato xabariga köra, Ibrahimoviç «Milan»da qoladi. Aniqroği, Zlatan rahbariyat va jamoa örtasida boğlovçi böladi.
Garet Beyl (33 yoş)
Beyl faoliyatini 33 yoşda yakunlanişini heç kim tasavvur qila olmasdi. Ammo sönggi yillarda Garet motivatsiyasini yöqotganga öxşadi va Uels milliy jamoasi 2022 yilgi jahon çempionatida guruhdayoq iştirokini töxtatganidan söng futbolni tark etiş qaroriga keldi.
U futboldan ketganidan atigi ikki hafta ötgaç, professional golf turniriga yöl oldi. Garet golfni futboldan ham köproq sevardi.
Mavzuga oid
May oyida u faoliyatini tiklaşi mumkinligi haqida miş-mişlar tarqaldi, ammo uning agenti hammasini inkor qildi: «U endi öynaşni istamaydi. Hozir u ajoyib hayot keçirmoqda. U oilasi bilan birga, bolalari bilan köp vaqt ötkazadi».
Beyl «Sauthempton», «Tottenhem», «Real» va «Los-Anjyeles» klublarida öynadi. U 665 öyinda 227 ta gol urdi va 22 sovrinni qölga kiritdi, ulardan asosiysi Madrid klubi bilan 5 ta Çempionlar Ligasi kubogi.
Xoakin (41 yoş)
«Betis» timsoli La Ligadagi 622-öyinidan söng mavsumni yiğlab yakunladi — bu liga rekordi! Xoakin «Benito Vilyamarin» stadionida sobiq jamoalaridan biri «Valensiya»ga qarşi sönggi tur öyinidan keyin muxlislar va sevimli klubi bilan hayrlaşdi.
«Şu muxlislar tufayli Xoakinga aylandim. Köp his-tuyğular, juda köp xotiralar ... Juda ta’sirli kun», — dedi faxriy futbolçi yiğlaşdan töxtamasdan.
Iyun oyi boşida «Betis» Xoakin bilan xayrlaşuv öyinini ötkazdi. Unda yarimhimoyaçining döstlari — Serxio Ramos, Iker Kasilyas, Xaviyer Saviola, Santi Kasorla, Guti, Pepe Reyna, Ruud van Nistelroy va boşqa maşhur futbolçilar iştirok etişdi.
Mesut Özil (34 yoş)
Germaniyalik yarimhimoyaçi bahorda faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi: u Turkiyaning «Istanbul» klubida ötgan mavsumda bor-yöği 4 öyinda maydonga tuşdi, köpinça jarohatlar tufayli tarkibga kiritilmadi. Şuning uçun Özil töxtaşga qaror qildi.
«Deyarli 17 yil davomida professional futbolçi degan şarafga muyassar böldim va bu imkoniyat uçun juda minnatdorman. Ammo sönggi haftalar va oylar davomidagi bir neça jarohatlar katta futbol maydonini tark etiş vaqti kelganidan darak berdi», — dedi Mesut ijtimoiy tarmoqlarda.
«Şalke», «Verder», «Arsenal», «Fenerbahçe», «Istanbul» va, albatta, «Real» — futbolçi klublar miqyosida 10 ta sovrinni qölga kiritdi. Unga faqat Çempionlar Ligasi ğolibligi nasib etmadi. Ammo Özilda 2014 yilda qölga kiritilgan jahon çempionatining oltin medali bor.
Gonsalo Higuain (35 yoş)
Argentinalik hujumçi MLSda «Inter Mayami»da faoliyatini tugatdi, ammo Gonsalo «Real», «Yuventus», «Napoli», «Milan» va «Çelsi»dagi öyinlari bilan yodda qoladi.
Ispaniya va Italiyadagi oltin, kuboklar hamda «Çelsi» bilan Yevropa Ligasidagi ğalaba — Iguain munosib sovrinlar töplami bilan ketdi.
Gonsalo ketişini e’lon qilayotganda köz yoşlarini tiya olmadi.
Jyerar Pike (36 yoş)
Noyabr oyida Pike «Barselona»dagi sönggi öyinini «Almeriya»ga qarşi ötkazdi va faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
«Bobom meni tuğilişim bilan şu klubning a’zosi qilib qöygan. Şu yerda tuğilganman va şu yerda ölaman. Bu xayrlaşuv emas va men bu klubga qaytişimga mutlaqo aminman. Yaşasin, «Barsa!» — dedi ispaniyalik «Kamp Nou»dagi xayrlaşuv nutqida.
Hozirda Jyerar sobiq futbolçilar öynaydigan «Qirollar ligasi»ni (Medialiga) rivojlantiriş bilan faol şuğullanmoqda.
Fernando Liorente (38 yoş)
Ispaniyalik hujumçi ötgan mavsumda «Eybar» safida töp tepdi va şartnomasi muddati tugagaç, klubsiz qoldi. Şu yilning fevral oyida u butsalarini mixga ilganini va padel-tennis öynaşini ma’lum qilgandi.
Bahorda jahon va Yevropa çempioni hali ham futbolni soğinayotganini aytdi hamda Pikening Medialigasiga qöşiliş istagini bildirdi.
Emmanuel Adebayor (39 yoş)
«Arsenal», «Mançester Siti», «Real» va «Tottenhem» klublarida öynagan togolik hujumçi bir neça yil avval Yevropa futbolini tark etib, dastlab Paragvayning «Olimpiya Asunson», keyin esa Togoning «Semassi» jamoasida öynadi. Fevral oyida Adebayor «Afsonalar kubogi-2023» tadbiri uçun Moskvaga keldi va Afrika yulduzlar jamoasida öynadi. Öşanda u faoliyatini tugatayotgani ma’lum bölgandi. Mart oyida Emmanuel buni rasman e’lon qildi.
Marek Hamşik (35 yoş)
«Napoli» va Slovakiya milliy jamoasi afsonasi sönggi mavsumlarni «Trabzonspor»da ötkazib, bir yil avval Turkiya çempioni böldi. Bu — uning faoliyatidagi yagona çempionlik unvoni.
2022/23 yilgi mavsum u uçun sönggisi böldi — iyun oyida Hamşik yorqin faoliyatini yakunlayotganini e’lon qildi.
Lukas Leyva (36 yoş)
Braziliyalik futbolçini «Liverpul» va «Latsio»dagi öyinlari bilan köpçilik eslaydi. Şu yilning mart oyida yarimhimoyaçi yuragi bilan boğliq muammolar tufayli futbolni tark etişga majbur böldi. Şifokorlar unga miokard fibrozi taşxisini qöyişdi. Braziliyalik futbolçining sönggi jamoasi «Gremio» bölgani ramziy ma’noga ega, bu — uning faoliyatidagi birinçi klubi.
Marten Stekelenburg (40 yoş)
Niderlandiyalik afsonaviy darvozabon bu mavsumda «Ayaks» tarkibida birorta ham rasmiy öyin ötkazmadi. May oyida klub Stekelenburg faoliyatini yakunlaşini ma’lum qilgandi.
Mavsum söngida klub mediasi Amsterdam jamoasida 300 ga yaqin öyin ötkazgan maşhur darvozabon bilan xayrlaşuv videosini ulaşdi.
Kevin-Prins Boateng (36 yoş)
«Milan», «Barsa» va «Tottenhem»ning sobiq futbolçisi bir yil avval «Herta» bilan şartnomasini uzaytirganini nişonlagandi — u muxlislar uçun 2023 dona kabob buyurtma qilgandi. Ammo ganalik yarimhimoyaçi bu uning oxirgi mavsumi ekanini ma’lum qildi va yakun muvaffaqiyatsiz böldi — Berlin klubi ikkinçi ligaga tuşib ketdi va endi Boatengsiz qaytişga harakat qiladi.
Boyan Krkiç (32 yoş)
Ispaniyalik 32 yoşli futbolçi faoliyatini yakunlaşini bahorda «Kamp Nou»da bölib ötgan tadbirda e’lon qildi: «8 yoşimdan «Barsa» tizimida öynadim, hozir esa köp yillardan söng professional futbolçi sifatidagi faoliyatim nihoyasiga yetayotganini faxr bilan e’lon qilmoqçiman. Boşdan keçirganlarimning hammasi uçun juda minnatdorman. Vaqt kelganini his qilyapman. Faoliyatimni yakunlayapman», — dedi hujumçi marosimda.
Boyanning sönggi klubi Yaponiyaning «Vissel Kobe»si edi.
Domeniko Krişito (36 yoş)
Ötgan yil noyabr oyida Krişito faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi, biroq B Seriyada öynayotgan qadrdon klubi «Jyenoa»dan taklif tuşganda, «yöq» deya olmadi. Italiyalik futbolçi klubga A Seriyaga çiqişga yordam beriş uçun 6 oyga futbolga qaytdi.
Natijada Domeniko çiroyli final bilan ketdi: sönggi öyinida u töğridan töğri raqib «Bari»ga qarşi maydonga tuşdi va 90+5-daqiqada penaltidan gol urib, genuyaliklar ğalaba qozonişiga yordam berdi (4:3).
Kristian Rodriges (37 yoş)
Urugvaylik yarimhimoyaçi «PSJ», «Benfika», «Atletiko», «Portu» va «Parma» klublarida öynagan, sönggi bir neça yilni vatanida ötkazdi.
Rodriges yanvar oyida faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. U Urugvay milliy jamoasi safida 100 dan ortiq öyin ötkazgan va Rossiyada bölib ötgan JÇ-2018 uning uçun sönggi yirik turnir bölgan.
Matias Fernandes (37 yoş)
Çililik afsonaviy futbolçi «Vilyarreal», «Sporting», «Fiorentina» va «Milan» klublarida töp tepgan, oxirgi 3 yil davomida yurtida «La Serena» uçun öynadi.
Fevral oyida Matias futbolçilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Milliy jamoada Fernandes 70 dan ortiq öyin ötkazgan va 2015 yilda Amerika Kubogida ğolib çiqqan.
Eljyero Elia (36 yoş)
Niderlandiyalik Elia katta iste’dod egasi hisoblangan — 17 yoşida u «ADO Den Haag»da debyut qilgan, milliy jamoadagi ilk öyinida gol urgan, JÇ-2010 finalida öynagan jamoaning qaydnomasida bor edi. Ammo Eljyeroning faoliyati muvaffaqiyatsiz keçdi: «Hamburg»dan keyin unga «Yuventus»dan taklif tuşdi. Turinda esa vingerning işlari yurişmadi — butun mavsumni zaxira örindiğida ötkazdi, şundan söng jamoani tark etdi.
Ikki yil oldin u yurtiga — qadrdon jamoasiga qaytdi va ötgan qişda faoliyatini yakunlayotganini e’lon qildi. ESPN'ning xabar berişiça, Elia futboldan keyin musiqaga qiziqib qolgan, hozir reper hisoblanadi.
Burak Yilmaz (37 yoş)
Turkiyalik hujumçi deyarli butun faoliyatini vatanida ötkazdi va u yerda muntazam ravişda «Galatasaroy», «Trabzonspor», «Beşiktoş» jamoalarida maydonga tuşdi. 2020 yilda Yilmazni «Lill» sotib oldi va u jamoa bilan Fransiya çempionligini qölga kiritdi. Burakning sönggi klubi Niderlandiyaning «Fortuna Sittard»i bölgan. Yilmaz 26 öyinda 9 ta gol urdi va qolgan bir yillik şartnomasini bekor qilib, faoliyatini yakunladi. Hujumçi allaqaçon murabbiy bölmoqçi ekanini ma’lum qilgan.
Şime Vrsalko (31 yoş)
Xorvatiyalik futbolçi «Dinamo Zagreb», «Atletiko», «Jyenoa», «Inter», «Sassuolo», «Olimpiakos» klublarida töp tepgan. Töğri, uning Gretsiyada işlari yurişmadi: Vrsalko kamdan kam öyinlarda maydonga tuşdi, jarohatlar oldi va kuzda şartnomasini bekor qildi. Şu yil bahorida Şime futbolga qaytmasligi va asosiy e’tiborini agentlik işlariga qaratişini aytdi.
Joao Miranda (38 yoş)
Braziliyalik himoyaçi «Atletiko» va «Inter»dagi faoliyati bilan yodda qolgan. Diyego Simeone jamoasi tarkibida Miranda La Liga, Yevropa Ligasi, Yevropa Superkubogida ğolib bölgan va Çempionlar Ligasi finalida öynagan. Joau Italiyani tark etib, Xitoyga yöl olgandi va u yerda «Tszyansu Sunin» jamoasida öynadi. Uning sönggi klubi esa «San-Paulu» edi.
«Vaqti keldi. Meni qöllab-quvvatlagan barçadan minnatdorman. Futbol, senga katta rahmat!» — deb yozdi Miranda şu yilning yanvar oyida.
Yonas Hektor (33 yoş)
Germaniya milliy jamoasining eng kamtar futbolçisi butun professional faoliyatini bir klub – «Kyoln»da ötkazdi. Himoyaçi katta yulduzga aylanmadi, lekin nemis muxlislari uni bir jamoaga sodiqligi uçun doimo qadrlaşdi (Yonas öz vaqtida «Bavariya» taklifini rad etgan).
Hektor 2017 yilda akasi vafotidan keyin oilasi bilan köproq vaqt ötkaziş maqsadida milliy jamoani tark etgandi. U klubdagi faoliyatini ham şunga öxşaş sabab bilan — doimiy stress va OAV e’tiboridan çarçagani uçun yakunladi.