A Seriya 38-turi doirasidagi «Milan» - «Verona» (3:1) öyinidan keyin «rossonerlar» bilan xayrlaşuvi e’lon qilingan Zlatan Ibrahimoviç «San-Siro»dagi xayrlaşuv nutqida futbolçilik faoliyatini yakunlaş haqidagi qarorini ma’lum qildi.

«Butun umr «Milan» muxlisi bölib qolaman. Hozirgi holatda hayajon kuçli, nafas olişim ham qiyin, ammo hammasi joyida. «San-Siro»dan şunçalik köp xotiralar qolyaptiki... Boşida u menga mehr berdi, keyin esa – baxt.

Oilamga sabr uçun rahmat deyman. Ikkinçi oilam – öyinçilar, murabbiylar, xodimlardan ham minnatdorman. Muxlislarga ham çin yurakdan taşakkurimni bildiraman. Futbol bilan xayrlaşiş fursati yetdi, ammo siz bilan emas», - deydi 41 yoşli şvetsiyalik hujumçi.

Ma’lumot uçun, Zlatan professional faoliyatini 1999 yilda boşlagan. U «Milan»dan taşqari, «Malme», «Ayaks», «Yuventus», «Inter», «Barselona», «PSJ», «Mançester Yunayted», «Los-Andjyeles Gelaksi» klublari şarafini himoya qilgan.

Ibrahimoviç Şvetsiya safida 122 öyinda 62ta gol muallifiga aylangan – bu milliy jamoadagi rekord sanaladi.

Avvalroq, Ibrahimoviç futbolçilik faoliyatini yakunlamasligi, keyingi mavsum «Milan»dan «Monsa»ga ötişi kutilayotgani haqida xabarlar yangragan edi.