Angliya: «Çelsi»da himoyaçi töpurarlar

«Lester» — «Çelsi» — 0:3 (Ryudiger, 14. Kante, 28. Pulişiç, 71).

Köklar hamon Lukaku va Vernersiz öynaşda davom etmoqda, ammo londonliklarda hatto himoyaçilar ham raqib darvozasi qarşisida dahşatli kuçga aylanişadi. Birinçi hujum çoğida mezbonlar darvozasi tösiniga zarba yöllagan Çiluell ham bu haqda eslatdi. Ryudigerning goli esa — jamoa himoya çiziği vakillarining mavsum boşidan beri urgan 13-goli böldi va bu körsatkiç APLning boşqa jamoalari himoyaçilari urgan barça gollardan köproq. Bu epizodda «Çelsi» özining kuçli tomonlarini namoyiş etdi, «tulkilar» esa eng ojiz tomonini, Rodjyers şogirdlari bu mavsumda standart vaziyatlar vaqtida boş bilan berilgan zarbalarni eng köp ötkazib yubormoqda.

Lekin bu birgina epizod. Umuman olganda ham «Çelsi» raqibdan bir boş yuqori ekanini körsatdi. Ikkinçi golli hujum ham bu ustunlik ifodasi edi, hujumni odatda raqib hujumlarini buziş bilan şuğullanadigan Kante a'lo darajadagi mahorat bilan yakunladi. Peşqadamlarga tanaffus yordam körsatgani yaqqol sezildi, tanaffus arafasida «Çelsi» autsayder «Byornli»ni mağlub etolmagandi. «Lester» esa Brendan Rodjyers «MYu»ga ketişi haqidagi xabarlarga çalğigandek öyin körsatmoqda, şotlandiyalik murabbiy esa hozirça bunday miş-mişlarni rad etmoqda.

«Uotford» — «Mançester Yunayted» — 4:1 (King, 28. Sarr, 44. Joau Pedru, 90+2. Dennis, 90+6 — van de Bek, 50).

Foto: JOHN WALTON/GETTY IMAGES

Bu vaqtda «qizil iblislar»dagi inqiroz yanada çuqurlaşmoqda, Ole Gunnar Sulşerga bosim ham kuçaymoqda. Norvegiyalik mutaxassis, albatta, muvaffaqiyatsizlik çoğida ham ijobiy sözlar topmoqda - u bosim futbolçilarni bor kuçi bilan öynaşga majbur qilayotganini aytmoqda. Ammo jamoadagi holat taşqaridan ham körinib turibdi, boş murabbiyning matbuot anjumanidan keyin Lingard Instagram sahifasida «Vest Hem» formasida tuşgan suratini joylaştirdi.

London klubiga ijaraga berilgan vaqtida uşbu yarimhimoyaçi juda zör öyinlar körsatgandi, ammo «MYu»ga qaytib u yana asosiy tarkibga kira olmadi. Van de Bek Sulşerni qutqarib qolganida ğalati vaziyat yuzaga kelgan bölardi — u Sulşer murabbiy bölib qolayotganidan eng köp jabr körayotgan futbolçidir. Zaxiradan öyinga qöşilgaç, niderlandiyalik futbolçi juda yorqin öyin körsatdi va avval hisobni qisqartirdi, keyin şeriklari uçun bir neça bor vaziyatlar yaratdi, ammo uning iştirokidagi kombinatsiya yakunida Kriştianu Ronaldu urgan gol ofsayd tufayli bekor qilindi.