Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Xitoy mahsulotlariga qo‘shimcha bojlar kiritmoqchi
Foto: REUTERS/Brian Snyder
AQSh prezidenti Donald Tramp joriy haftada qo‘shimcha import bojlari kiritiluvchi Xitoy mahsulotlari ro‘yxatini taqdim qiladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Taxmin qilinishicha, yangi bojlar AQShga importi yiliga 50-60 mlrd dollarni tashkil qiluvchi mahsulotlarga nisbatan kiritiladi. Birinchi navbatda, sanksiyalar ostiga yuqori texnologik tarmoqlar mahsulotlari tushadi. Bu tarmoqlarning rivojlantirilishi Xitoy sanoatini modernizatsiya qilish strategiyasi – “Xitoyda ishlab chiqarilgan 2025”’da ko‘zda tutilgan.
Sanktsiyalar Xitoyni AQSh kompaniyalarini ularning manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydigan holda Xitoyga intellektual mulk berilishiga majburlash siyosatidan voz kechishga majbur qiladi.
Xitoy 2 apreldan AQShdan keltiriluvchi 128 nomdagi mahsulotga 25 foizgacha boj to‘lovi kiritdi. Pekin shu yo‘l bilan AQShning po‘lat va alyuminiyga qo‘shimcha bojlar kiritishiga javob qilgan.
Mutaxassislar AQSh va Xitoy savdo urushi yoqasida turganidan, bu esa butun dunyoda iqtisodiy o‘sishga xavf solishidan xavotir bildirishgan.
Mavzuga oid
23:14 / 24.03.2026
“Kvotalarni yildan yilga oshirsak bo‘ladi” – Behzod Musayev AQSh bilan pilot loyiha haqida
15:13 / 24.03.2026
Saudiya AQShga aviabazani ochdi, BAA esa Eron aktivlarini cheklamoqda
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
22:19 / 23.03.2026