Jamiyat | 12:44 / 02.04.2018
24841
1 daqiqa o‘qiladi

Choyxonada kaltaklangan shaxs shifoxonaga yetmasdan jon berdi

Illyustrativ foto/ Sputnik/ Stas Etvesh

Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida qotillik yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 2018 yil 22 mart kuni soat 17.30larda F.Xo‘jayev ko‘chasida yashovchi, “Toshkent” choyxonasi ish boshqaruvchisi, 1994 yilda tug‘ilgan I.Q. ish joyida o‘zaro janjal oqibatida 1985 yilda tug‘ilgan H.A.ning yuziga qo‘llari bilan urib jarohat yetkazgan. 

Natijada H.A. kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan. I.Q. qo‘lga olingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid