Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yo‘l harakati qoidasiga rioya qilmaslik ikki shaxs jarohat olishi va uch avtomashina shikastlanishiga sabab bo‘ldi
Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida 31 mart kuni soat 13.00larda Tojikiston Respublikasi fuqarosi, 1971 yilda tug‘ilgan B.B. o‘zining Hunday Sonata rusumli avtomashinasini Surpa mahallasi hududida haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetida to‘xtab turgan 1984 yilda tug‘ilgan B.A. boshqaruvidagi “Spark” rusumli va 1965 yilda tug‘ilgan N.S. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinalariga urilib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Hodisa tufayli Hunday Sonata avtomashinasi yo‘lovchisi, 1967 yilda tug‘ilgan T.O. va “Spark” hamda “Matiz” avtomashinalari orasida turgan piyoda, 1989 yilda tug‘ilgan A.R. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:45
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23 / 15.06.2026