15:25 / 02.04.2018
19797

Skripal grechixa yormasidan zaharlangan bo‘lishi mumkin – OAV

Foto: AP

GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya grechixa yormasidan qilingan bo‘tqadan zaharlangan bo‘lishi mumkin. Bu haqda The Sun yozmoqda.

Ta'kidlanishicha, Sergey Skripal qizidan Rossiyadan grechixa, ziravorlar va dafna bargi olib kelishni so‘ragan. Yuliya buni yodidan chiqargan hamda Buyuk Britaniyaga boshqa reys bilan parvoz qilgan dugonasiga murojaat qilgan. U Yuliyaga Rossiya mahsulotlari bo‘lgan posilka olib keldi. Britaniya huquqni muhofaza qiluvchi organlari uni so‘roq qilib bo‘lishgan.

Nashr manbasi so‘zlariga ko‘ra, politsiyachilar «Novichok» jangovar zaharlovchi moddasi Yuliyaning dugonasi tomonidan olib kelingan posilkada, jumladan grechixa yormasida bo‘lgan bo‘lishi mumkin ekani haqida o‘ylashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Britaniya GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal zaharlanishiga aloqador bo‘lishi mumkin ekani haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top