Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Rossiyada dron orqali jo‘natma yetkazish ilk urinishdayoq muvaffaqiyatsizlikka uchradi
Buryatiyaning Ulan-Ude shahrida «Pochta Rossii»ning jo‘natma bilan parvozga chiqqan ilk uchuvchisiz uchar qurilmasi ilk soniyalardayoq falokatga uchradi.
Dron Ulan-Udedan Nijniy Sayantuy qishlog‘iga 16 kilometr uchib, yukni eltishi kerak edi, ammo u marosimga yig‘ilgan amaldorlar va ilk parvozni yoritish uchun yig‘ilgan jurnalistlar ko‘z o‘ngida qulab tushdi.
2 kilogramm yuk bilan osmonga ko‘tarilgan dron muvozanatni yo‘qotib, yaqindagi uylardan biriga borib urilgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q, qulagan dronni tiklashning imkoni bo‘lmagan.
Buryatiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, yaqin uylardagi Wi-Fi nuqtalar ko‘p joylashgani dron muvaffaqiyatsizligi sababi bo‘lishi mumkin. Qolaversa, oxirgi daqiqalarda tashkilotchilar dronni uchirish joyini telekanallar iltimosiga ko‘ra, «yaxshi kartinka hosil qilish» zarurati tufayli o‘zgartirishgandi.