Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In va Mun Chje In o‘ta muhim deklaratsiyani qabul qilishi mumkin
Foto: RIA "Novosti"
Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli hududga aylantirish bo‘yicha deklaratsiya KXDR yetakchisi Kim Chen In va Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning 27 aprel kuni demilitatsiya hududidagi Pxanmunjom chegaraoldi punktida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvida qabul qilinishi mumkin. Bu haqda Kyodo axborot agentligi Janubiy Koreya prezidenti ma'muriyati xodimining so‘zlariga asosan xabar bermoqda.
"Deklaratsiyaning qabul qilinishi tabiiy qadam bo‘lgan bo‘lardi, - dedi u. – Sammitda aynan yadro qurolidan xoli hudud masalasi e'tibor markazida bo‘ladi".
Shimol va Janub 1992 yilda ham shunga o‘xshash hujjatni qabul qilgandi. U bilan yadro qurolini ishlab chiqish va unga egalik qilish taqiqlangan. Biroq KXDR keyinchalik bunday majburiyatlardan voz kechdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR tashqi ishlar vaziri Ozarboyjon va Rossiyaga yo‘l olishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
22:00 / 17.04.2026
Janubiy Koreyada hayvonot bog‘idan qochgan bo‘ri 9 kundan keyin topildi
11:20 / 15.04.2026
Janubiy Koreyada barcha uchun bepul bazaviy mobil internet joriy qilinadi
18:59 / 13.04.2026
Janubiy Koreya Qozog‘istondan neft import qilishni rejalashtiryapti
10:20 / 30.03.2026