O‘zbekiston | 11:35 / 03.04.2018
10799
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda O‘zbekistondan 59 qop paxta chigitini olib o‘tganlar ushlandi

Foto: Knews.kg

Qirg‘iziston Davlat chegara xizmatining Jalolobod viloyati bo‘yicha boshqarmasi chegarachilari 2 aprel kuni O‘zbekistondan Qirg‘izistonga kontrabanda yuklarini yetkazib berish kanalini fosh etishdi. Bu haqda Qirg‘iziston DChX matbuot xizmati xabar bergan.

Jalolobod viloyatining Nooken tumani Qayirma qishlog‘ida chegara naryadi Qirg‘izistonning 8 fuqarosini O‘zbekiston hududidan, Farg‘ona kanali orqali o‘tuvchi davlat chegarasi chizig‘i bo‘ylab Qirg‘iziston hududiga yetkazib berilgan kontrabanda tovarlarni olayotgan paytida ushladi.

«Biz davlat chegarasidagi vaziyatni jiddiy tahlil qilmoqdamiz va Qirg‘izistonga kontrabanda yukini yetkazib berish bo‘yicha yana bir yo‘lakni fosh etdik. Kontrabandachilar davlat chegarasini to‘g‘ridan to‘g‘ri buzmaydi, balki tovarlarni chegaradan o‘tkazishning boshqa yo‘llarini o‘ylab topishgan. Shuning uchun davlat chegarasi orqali tovarlarning noqonuniy olib o‘tilishiga qarshi kurashish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqdamiz», - deya ta'kidlab o‘tdi DChXning Jalolobod viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari polkovnik Taalaybek Tajibayev.

Qayd etilishicha, bu safar Qirg‘izistonga noqonuniy tarzda 59 qop paxta chigitini olib o‘tishga urinish sodir bo‘lgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, kontrabanda yukining umumiy qiymati 100 ming somdan ortiqni tashkil etadi.

Mavzuga oid