19:40 / 04.04.2018
25314

Eng yaxshi kameraga ega 10 smartfon - DxOMark versiyasi

DxOMark nufuzli resursi eng yaxshi mobil kameralar reytingini yangiladi va ilk ikki o‘rinni Huawei P20 Pro va Huawei P20 flagmanlariga berdi.

Huawei P20 Pro — 109 ball

Foto: huawei.com
  • Uch kamera:
  1. 40 megapikselli RGB-sensor, f/1,8 diafragma va 27 mm fokus masofali obektiv;
  2. 20 megapikselli monoxrom sensor, f/1,6 diafragma va 27 mm fokus masofali obektiv;
  3. 8 megapikselli RGB-sensor, f/2,4 diafragmali va 80 mm fokus masofali, shunindek, optik stabilizatsiyali teleobektiv.
  • 40 Mp sensorda fazaviy avtofokus;
  • 4K videos'yomka rejimi;
  • 720p o‘lchamli soniyasiga 960 kadr chastotali tezlashtirilgan s'yomka.

Smartfon qolgan barcha flagmanlarni kamida 10 ochkoga ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egalladi. Monoxrom datchikli asosiy va qo‘shimcha modul hatto yorug‘lik yetarlicha bo‘lmagan inshootlarda ham yuqori tasvir sifati bilan ta'minlaydi. Huawei P20 Pro o‘zining teleobektivi va monoxrom sensori sharofati bilan obektlarni uzoq masofadan ham sifatni yo‘qotmay suratga olish imkonini beradi.

Bu smartfonda videoga olish ham suratga olishdek yoqimli. Ajoyib optik stabilizatsiya, yaxshi avtofokus va juda past shovqin darajasi sizni sifatli videotasvir bilan ta'minlaydi. Videos'yomka sifati uchun 98 ball olgan Huawei P20 Pro smartfoni Google Pixel 2'ni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, Xitoy flagmani bozordagi eng yaxshi universal mobil qurilma, deb topildi.

Huawei P20 — 102 ball

Foto: huawei.com
  • Asosiy modul: 12 megapikselli RGB-sensor, f/1,8 diafragmali va 27 mm fokusli obektiv;
  • Qo‘shimcha modul: 20 megapikselli monoxrom datchik, f/1,6 diafragma va 27 mm fokusli obektiv;
  • Fazaviy avtofokus.

102 ochko yiqqan Huawei P20 smartfoni sharafli ikkinchi o‘rinni egalladi. Kenja versiya P20 Pro'ning barcha afzalliklariga ega bo‘lmasa-da, yaxshi natija ko‘rsatmoqda. Ushbu smartfon kamerasi sifatli tasvir va keng dinamikli rang diapazoni bilan ta'minlaydi. Afsuski, bu smartfon teleobektivdan mahrum, bu yaqindan olingan suratlar sifatiga ta'sir ko‘rsatadi.

DxOMark.com xodimlari Huawei P20 videos'yomkasi sifatini 94 ballga baholashdi va uning avtofokusini alohida e'tirof etishdi. Umuman olganda, bu smartfon kamerasi katta yutuqlari bilan maqtana olmaydi, shunday bo‘lsa-da, u aksariyat flagmanlar natijalaridan ancha yaxshi.

Samsung Galaxy S9 Plus — 99 ball

Foto: samsung.com
  • Asosiy modul: 12 megapikselli sensor, f/1,5 / va f/2,4 o‘zgaruvchan diafragmali obektiv;
  • Qo‘shimcha modul: 12 megapikselli sensor, f/2,4 diafragmali teleobektiv;
  • Optik stabilizatsiya;
  • Asosiy moduldagi fazaviy avtofokus;
  • Soniyasiga 60 kadr tezlikda 4K video s'yomkasi;
  • Soniyasiga 960 kadr chastotali tezlashtirilgan s'yomka.

Google Pixel 2 — 98 ball

Foto: media.bwone.com
  • 12 megapikselli sensor, f/1,8 diafragmali obektiv;
  • Avtofokus;
  • Optik tasvir stabilizatsiyasi;
  • HDR+texnologiyasi;
  • Portret rejimi mashina ta'limiga asoslangan.

iPhone X — 97 ball

Foto: apple.com
  • Asosiy modul: 12 megapikselli sensor, f/1,8 diafragmali keng burchakli obektiv;
  • Qo‘shimcha modul: 12 megapikselli sensor, f/2,4 diafragmali teleobektiv;
  • Optik tasvir stabilizatsiyasi;
  • Sekin sinxronlashuv rejimiga ega Quad-LED True Tone chaqnoqi (vspishka);
  • Fazaviy avtofokus;
  • Portret yorug‘lik;
  • Soniyasiga 60 kadr tezlikka ega 4K videos'yomka rejimi.

Huawei Mate 10 Pro — 97 ball

Foto: huawei.com
  • Asosiy modul: 12 megapikselli sensor, f/1,6 diafragmali obektiv;
  • Qo‘shimcha modul: 20 megapikselli monoxrom sensor, f/1,6 diafragmali obektiv;
  • Lazer avtofokus;
  • Ikki LED-chaqnoq;
  • 2 160r o‘lchamda soniyasiga 30 kadr chastotali videos'yomka; 1 080r o‘lchamda soniyasiga 30 yoki 60 kadr chastotali videos'yomka.

Xiaomi Mi MIX 2S — 97 ball

Foto: Mi.com
  • Asosiy modul: 12 megapikselli sensor, f/1,8 diafragmali keng burchakli obektiv;
  • Qo‘shimcha modul: 12 megapikselli sensor, f/2,4 diafragmali va ikki karra kattalashtiruvchi obektiv;
  • Dual Pixel texnologiyasida ishlovchi avtofokus;
  • Optik stabilizatsiya.

Apple iPhone 8 Plus — 94 ball

Foto: apple.com
  • Asosiy modul: 12 megapikselli BSI-sensor, f/1,8 diafragmali keng burchakli obektiv;
  • Qo‘shimcha modul: 12 megapikselli sensor, f/2,8 diafragmali teleobektiv;
  • Portret rejim;
  • Asosiy modulda optik tasvir stabilizatsiyasi;
  • Focus Pixels texnologiyasi yordamida avtofokus;
  • Sekin sinxronizatsiya rejimiga ega Quad-LED True Tone chaqnoq;
  • Avtomatik HDR.

Samsung Galaxy Note 8 — 94 ball

Foto: samsung.com
  • Asosiy modul: 12 megapikselli sensor, 26 millimetrli f/1,7 diafragmali keng burchakli obektiv;
  • Qo‘shimcha modul: 12 megapikselli sensor, f/2,4 diafragmali teleobektiv;
  • Ikki karra optik zum;
  • Fazaviy avtofokus;
  • Optik tasvir stabilizatsiyasi;
  • Ikki LED-chaqnoq;
  • 2 160r o‘lchamda soniyasiga 30 kadr chastotali videos'yomka.

Apple iPhone 8 — 92 ball

Foto: apple.com
  • 12 megapikselli BSI-sensor, f/1,8 diafragmali obektiv;
  • Optik tasvir stabilizatsiyasi;
  • Sekin sinxronizatsiya rejimiga ega Quad-LED True Tone chaqnoq;
  • Dual Pixel texnologiyasida ishlovchi avtofokus;
  • Avtomatik HDR.
Top