Jahon | 17:40 / 04.04.2018
9656
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvadagi savdo markazida ro‘y bergan yong‘in o‘chirildi, bir kishi halok bo‘ldi

Foto: TASS

Moskvadagi «Persey dlya detey» savdo markazida ro‘y bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Interfaks» agentligi xabar tarqatdi.

«Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lgan», degan manba. U halok bo‘lganning shaxsiga aniqlik kiritmagan.

Manba ma'lumotlariga ko‘ra, savdo markazida yong‘in chiqqandan keyin 600 nafardan ortiq kishi evakuatsiya qilingan.

Shuningdek, yong‘in oqibatida ikki kishi jabrlangan.

«Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida ikki kishi jabrlangan. Ulardan biri - o‘t o‘chiruvchi», degan agentlik manbasi.

Ayni vaqtga kelib yong‘in o‘chirib bo‘lingan. Yong‘in 80 kv. m. maydonni qamragan. Yong‘in o‘chog‘i binoning to‘rtinchi qavatidagi omborxonada joylashgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid