Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin IShID harbiy mag‘lubiyatdan so‘ng ham xavfli ekanini ma'lum qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilishicha, IShID terrorchilik guruhi hamon xavfli. Bu uning harbiy mag‘lubiyatiga qaramay, yuz bermoqda. Bu haqda RIA «Novosti» RF yetakchisining Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha Moskva konferensiyasi ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatiga asosan xabar berdi, uni Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev o‘qib eshittirgan.
«O‘z harbiy mag‘lubiyatiga qaramay, bu terrorchilik guruhi (IShID) destruktiv salohiyat, taktikani tez o‘zgartirish va jahonning turli davlatlari hamda mintaqalarida hujumlar amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lib qolmoqda. Boshqa ekstremistik tuzilmalar ham katta xavf tug‘diradi», - deyiladi murojaatnomada.
Shuningdek prezidentning ta'kidlashicha, ko‘p tomonlama o‘zaro aloqalarning yangi shakllari haqida o‘ylash kerak, ular terrorizm bilan kurashda erishilgan muvaffaqiyatlarni mustahkamlashi, hamda bu tahdid yanada tarqalishining oldini olishi darkor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq FXX o‘tgan yil Rossiyada 29 teraktdan 25tasining oldini olgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
17:14 / 03.07.2026
Putinning reytingi yana pasaymoqda
19:04 / 30.06.2026
«Zarar bor» – Putin Ukraina hujumlari, benzin taqchilligi va Ankorij kelishuvi haqida
18:39 / 30.06.2026
«O‘zlariga qaytayotgan urush realligi» – Rossiya yana dronlar hujumiga uchradi
09:55 / 24.06.2026