Jahon | 09:59 / 04.04.2018
2445
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuelada Maduroning saylovlardagi raqibi kortejiga hujumga aloqador 17 kishi hibsga olindi 

Foto: RIA Novosti / Dmitriy Znamenskiy

3 aprelda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro prezident saylovlaridagi raqibi Enri Falkon kortejiga hujumga aloqador 17 kishi ushlanganini ma'lum qildi. 

Hujum 3 aprelda poytaxt Karakasning Katiya tumanida sodir etilgan. Falkonning aytishicha, hujumni hukumat bilan bog‘langan qurollangan kishilar amalga oshirgan. Hujum oqibatida Falkonning xavfsizlik xizmati boshlig‘i Teodoro Kampos jiddiy yaralangan.

“Biz ushbu holat yuzasidan tergov boshladik va 17 kishini ushladik. Biz – tinchlik odamlarimiz”, deb aytgan Maduro. U hujumga mamlakat hukumati tarafdorlari – “kolektivos”ning aloqadorligi haqidagi taxminni rad etgan.

Venesuelada prezident saylovlari 20 mayda bo‘lib o‘tadi. Unda 5 nomzod qatnashadi: amaldagi prezident Nikolas Maduro, muxolifatchilar Enri Falkon, Reynaldo Kixada, Luis Ratti va Xaver Bertuchchi. Tahlilchilarning fikricha, haqiqiy kurash Maduro va Falkon o‘rtasida boradi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid