Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
6 aprel kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kuzatiladi
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 6 aprel kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 5-7, kunduzi 15-17 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq, Ustyurtda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi. Xorazm viloyatida kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq, cho‘l hududida kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi. Toshkent viloyatining 2000 metrdan baland xududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:17
Mehnat inspeksiyasi barcha hokimliklarga ko‘rsatma yubordi
09:25
49 daraja issiq, pensiya islohoti va Belarusdagi andijonliklar – hafta dayjesti
12:29 / 17.07.2026
20 iyuldan keyin issiq asta-sekin chekina boshlaydi
09:16 / 15.07.2026