Anomal issiq ob-havo şaroitida oçiq havoda mehnat qilayotgan obodonlaştiriş xodimlarining hayoti va soğliğini muhofaza qiliş maqsadida barça hokimliklarga tegişli körsatma yuborildi, deb xabar berdi Davlat mehnat inspeksiyasi.

Xabarda aytilişiça, körsatmada soat 10:00–17:00 oraliğida yuqori harorat ta’sirida xodimlar hayoti va soğliğiga xavf tuğdirişi mumkin bölgan işlarni vaqtinça töxtatiş hamda moslaşuvçan iş rejimini belgilaş, xodimlarni yetarli miqdorda sifatli içimlik suvi bilan ta’minlaş kabi talablar belgilangan.

Bundan taşqari, quyoş nurlari va yuqori harorat ta’siridan himoyalangan dam oliş joylarini taşkil etiş, majburiy tibbiy körikdan ötmagan yoki tibbiy xulosaga köra işga yaroqsiz deb topilgan şaxslarni işga qöymaslik, şaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlaş va mehnat hamda dam oliş rejimini qayta körib çiqiş lozimligi aytilgan.

“Körsatma talablarining bajarilişi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanişiça, mehnatni muhofaza qiliş talablarini buzgan şaxslar qonunçilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.