Jahon | 12:16 / 05.04.2018
8085
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh va YeIda Eron bilan yadroviy bitim bo‘yicha qarama-qarshilik paydo bo‘ldi

Foto: Mal Langsdon/Reuters

Yevropa ittifoqi Eron bilan yadroviy bitimni o‘zgartirish yoki u bo‘yicha qo‘shimcha kelishuvni ishlab chiqish niyatida emas. Bu haqda RIA «Novosti» Vashingtondagi yuqori mansabli manbaga asosan xabar bermoqda.

«Bu Yevropa pozitsiyasi emas», - deya aytib o‘tgan manba YeI davlatlari Eron bo‘yicha Qo‘shma keng ko‘lamli harakatlar rejasiga qo‘shimcha tarzda kelishuv qabul qilishga tayyormi, degan savolga javob qaytarib.

Ayni damda Qo‘shma Shtatlar va Buyuk Britaniya, Fransiya hamda Germaniya Eron bilan bitimni muhokama qilmoqda.

«Biz qo‘shimcha kelishuvni emas, balki Qo‘shma keng ko‘lamli harakatlar rejasi doirasidan chiquvchi masalalarni muhokama qilmoqdamiz», - deya ta'kidlab o‘tdi manba.

Shu bilan birga, uning qayd etishicha, yangi bandlarni qayd etishi mumkin bo‘lgan yangi kelishuv kelajakda ishlab chiqilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Yaqin Sharqni beqarorlashtirishda ayblangandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid