Jahon | 20:44 / 05.04.2018
4578
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya yadroviy qurolga qarshiligini ma'lum qildi 

Foto: RIA Novosti / Maksim Blinov

Turkiya butun dunyoda atom quroliga qarshi va “faqatgina menda bo‘lsin” tamoyilini nomaqbul deb hisoblaydi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu aytib o‘tdi.

“2 kun avval asos qo‘yilgan ”Akkuyu” loyihasi Turkiyadagi ilk atom energetik stansiyasi bo‘ladi. Ishlar yakunlangandan keyin Turkiyaning elektr energiyaga ehtiyoji 10 foizga qoplanadi”, deb aytdi Chovusho‘g‘lu Qo‘shilmaslik harakati doirasida Bokuda o‘tayotgan “Baqaror rivojlanish uchun xalqaro tinchlik va xavfsizlikni taqdirlash” mavzusidagi anjumanda.   

Uning aytishicha, birgina “Akkuyu” AESi yetarli bo‘lmaydi.

“Turkiya iqtisodiyoti o‘smoqda. Biz yaponiyaliklar bilan Sinopda yana bir atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha ishlar olib bormoqdamiz. AESlar butun dunyoda bor. Agar kimdir AES bilan yadroviy qurol o‘rtasidagi farqni bilmasa, bu bizning aybimiz emas. Biz butun dunyoda atom quroliga qarshimiz. Biz “faqat menda bo‘lsin, boshqada bo‘lmasin” tamoyiliga qarshimiz. AES atom quroli hisoblanmaydi”, deb o‘z so‘zlarini intiholagan Chovusho‘g‘lu. 

Mavzuga oid