Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh vs XXR. Tramp Xitoy tovarlariga yangi bojlar joriy etishga ahd qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar savdo vakiliga Xitoydan keluvchi tovarlarga bojlarni 100 mlrd dollarga oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqish vazifasini topshirdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
«Xitoyning «adolatsiz qasosi» tufayli men savdo vakiliga Xitoy tovarlariga 100 mlrd dollar miqdorida qo‘shimcha tariflar joriy etish masalasini ko‘rib chiqish vazifasini topshirdim. Shuningdek, ushbu bojlar joriy etiluvchi mahsulotlar ham aniqlanadi», - deya ma'lum qildi Tramp.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Xitoyning xatti-harakatlariga qaramay, «AQSh erkin, adolatli va o‘zaro savdo hamda Amerika kompaniyalari va xalqi texnologiyalari hamda intellektual mulkini himoya qilishga erishish bo‘yicha bo‘lajak muzokaralarga hamon tayyor turibdi».
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026