Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaralangan toliblar bizda davolanayotgani haqidagi bayonotlar fitna – Tojikiston
Foto: AP
Afg‘oniston oqsoqollar kengashi – Lo‘i Jirg‘a vakilining afg‘on telekanallaridan biri efirida ma'lum qilishicha, “Tolibon” harakatining yaralangan jangarilari Tojikistonda davolanmoqda.
Teleboshlovchi Jirg‘a vakilidan bunday ma'lumotlar qayerdan ekani, manba borasida so‘ragan, bunga erkak bu haqda telefon orqali mahalliy yoshlar xabar berganini javob berdi.
“Ular shu yerda edi, 15 kun davomida qolishdi. Buni xalqdan yashirib bo‘lmaydi. O‘sha yerda yashovchi odamlar hammasini bilib va ko‘rib turibdi”, - dedi u.
Yakunda teleboshlovchi erkakni Kamol – butunafg‘on oqsoqollar kengashidagi Kunduz viloyati xalqlari vakili sifatida tanishtiradi.
Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot kotibi Muhammad Ulug‘xo‘jayev bunday bayonotni provokatsiya deb atadi, deya xabar bermoqda Avesta.
“Lo‘i Jirg‘a vakilining Tojikistonda yaralangan toliblar davolanayotgani haqidagi bayonoti yolg‘on va provokatsiyadir”, - deya ta'kidlab o‘tdi M.Ulug‘xo‘jayev.
“Tojikiston “Tolibon” harakati bilan hech qanday aloqalarga ega emas, biroq vaqti-vaqti bilan OAVda shu mavzudagi turli provokatsion bayonotlar paydo bo‘lmoqda, bu vaziyatni keskinlashtirish maqsadida qilinmoqda”, - deya qayd etgan chegara qo‘shinlari vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun tojik-afg‘on chegarasidagi vaziyat barqarorlashdi, chegara tojik chegarachilari nazoratida qolmoqda.
Mavzuga oid
22:54 / 05.03.2026
Pokiston-«Tolibon» mojarosi: ular nimani bo‘lisha olishmayapti?
17:02 / 27.02.2026
Pokiston toliblar hukumati bilan «ochiq urush» boshlanganini e’lon qildi
11:21 / 27.02.2026
Germaniya 20 nafar Afg‘oniston fuqarosini deportatsiya qildi
16:41 / 22.02.2026