Jahon | 11:28 / 06.04.2018
11491
1 daqiqa o‘qiladi

«Xitoy oxirigacha boradi» - XXR AQSh bilan savdo urushidan qo‘rqmasligini ma'lum qildi

Foto: RIA Novosti/Ilya Pitalev

Xitoy AQSh bilan savdo urushini xohlamaydi, biroq undan qo‘rqmaydi ham. Bu haqda XXR Tijorat vazirligi bayonotida aytiladi.

«AQSh bilan savdo munosabatlaridagi muammolar bo‘yicha bizning pozitsiya juda aniq bo‘lib qolmoqda, biz savdo urushini xohlamaymiz, biroq undan qo‘rqmaymiz ham», - deya ma'lum qilishgan vazirlikdan.

Shuningdek idoradan ta'kidlashlaricha, «agarda AQSh Xitoy va jahon hamjamiyatining protestlariga e'tibor qaratmaslikda davom etsa, bir tomonlama siyosat va savdo proteksionizmi yo‘lidan ketsa, Xitoy oxirigacha boradi».

«Javob zarbasi berish kerak, yangi kompleks aksilchoralar qo‘llash lozim va vatan hamda xalq manfaatlarini qat'iy himoya qilish zarur», - deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid