Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi Baynalmilal ko‘chasi Seul sharafiga nomlanadi
Toshkent shahridagi Baynalmilal ko‘chasi Seul sharafiga nomlanadi. U rekonstruksiya qilinadi va Koreya yo‘nalishida bo‘ladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimiyatidan ma'lum qilishgan, deb yozmoqda Gazeta.uz
Janubiy koreyalik mutaxassislar Beshyog‘ochdan Oqtepa shoh ko‘chasiga qadar bo‘lgan Seul ko‘chasini loyihalashtirish va dizayni bo‘yicha shahar arxitektura xizmati bilan hamkorlik qiladi.
Loyiha bilan Oqtepa kanali bo‘ylab sayr qilish joyi, shaharliklarning dam olishi uchun o‘rindiqlar, kafe, restoran va boshqa obektlarni barpo etish nazarda tutilgan.

Ta'kidlanishicha, loyiha O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilmoqda, biroq u Janubiy Koreyadan bo‘lgan ekspertlar tomonidan tasdiqlanadi.
Mavzuga oid
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026