Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmanistonda o‘g‘irlik va qotillik sodir etgan maktab o‘quvchilaridan iborat to‘da ushlandi
Foto: EADaily
Turkmanistonning Lebap viloyati markazida mart oyi oxirida politsiya yuqori sinf o‘quvchilaridan iborat to‘dani ushladi, bu shaxslar odamlarga ularning kvartiralarida bosqinchilik bilan hujum uyushtirgan. «Alternativniye novosti Turkmenistana» nashri xabariga ko‘ra, ma'lumot o‘ta maxfiy holda saqlanmoqda.
To‘daga Turkmanoboddagi uch maktabdan bo‘lgan 11-sinflarning olti o‘quvchisi kirgan: o‘n ikkinchi va o‘ttizinchidan bir kishi hamda 32-maktabdan to‘rt shaxs. Ulardan biri «Uchpunkt» mitti tumanida yashagan. U bilan tanish bo‘lgan odamlarning so‘zlariga ko‘ra, yigit yaxshi kiyingan, o‘ziga qarab yurgan. U maktabga ko‘p ham bormagan, ota-onasi bunga o‘g‘illari pul ishlab topayotgani bilan izoh bergan.
Ushbu shaxslar bir necha oy davomida shaharliklarning kvartirasiga bostirib kirgan hamda, pichoqlar bilan tahdid qilib, pul va zargarlik buyumlarini o‘margan. 27 dekabr kuni to‘da nogiron qizi bor keksa yoshli ayolning uyiga bostirib kiradi. Ona va qiz shaharning qaysi tumanida yashashi – noma'lum. Jinoyatchilar 20 marta pichoq bilan zarba bergan, umurtqa pog‘onasini sindirgan, shundan so‘ng kvartiradan pul va ba'zi qimmatliklarni olib chiqib ketgan.
Hammasi bo‘lib bir nechta shunday qotillik yuz bergan. Holatlardan birida to‘da yosh bolani qiynoqqa solib, undan uyida pullar qayerda saqlanishini ko‘rsatishni so‘rashgan.
Jinoyatchilar tasodifan qo‘lga olindi. Manbalarning aytishicha, spirtli ichimlik ta'sirida bo‘lgan yosh yigitlar bilyardxonadan chiqaverishda politsiya patruli tomonidan to‘xtatilgan. Yigitlar biri politsiyaga olib borilganida, mashinada pullar, tilla uzuk va zanjirlar topildi. Manbalar xabariga ko‘ra, xodimlar tergov tadbirlarini o‘tkazishgan, ular davomida yigitlar jinoyatlarni qanday amalga oshirganliklari haqida batafsil ma'lumot berishgan.
26 martdan prokuratura shahardagi barcha maktablarda tekshiruvlar o‘tkazmoqda. Direktorlar o‘qituvchilar bilan majlislar tashkillashtirmoqda.
Mavzuga oid
15:14 / 30.01.2026
O‘zbekistonga o‘qishga kelganlar soni oshdi: Hindiston va Turkmaniston yetakchi
10:53 / 29.01.2026
Samarqandda yollanma qotil orqali tanishini o‘ldirmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
20:52 / 28.01.2026
“U yaxshi niyatining qurboni bo‘ldi” - Durdona Hakimova fojiasi haqida
13:25 / 25.01.2026