Jahon | 13:40 / 06.04.2018
7023
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy va Shimoliy Koreya yetakchilari o‘rtasida qaynoq liniya yo‘lga qo‘yiladi

Foto: AP

Koreya Respublikasi va KXDR shu haftada ikki mamlakat yetakchilari Mun Chje In va Kim Chen In o‘rtasida qaynoq telefon liniyasi o‘rnatishning texnik imkoniyatlarini muhokama qiladi. Bu haqida Janubiy Koreya prezidenti ma'muriyati vakili Seulda jurnalistlar uchun bo‘lib o‘tgan brifingda ma'lum qildi. 

"Ikki tomonning ishchi muzokaralari 7 aprel, shanba kuni  Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasidagi Pxanmunjom punktida bo‘lib o‘tadi", - dedi u. To‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa kanalining yo‘lga qo‘yilishi Kim Chen In va Mun Chje Inning tez-tez maslahatlashuvi uchun imkon yaratadi. 

Koreya Respublikasi delegatsiyasi 5 mart kuni Pxenyanda KXDR yetakchisi bilan uchrashdi. Muzokaralar davomida ikki mamlakat yetakchilari sammitini o‘tkazish to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi. O‘shanda Shimoliy Koreya AQSh prezidenti Donald Tramp bilan ham shunday tadbir o‘tkazishga tayyor ekanini bildirgan. 

Yuqori darajali muloqotdan so‘ng Koreyalararo sammitni o‘tkazish sanasi ma'lum bo‘ldi - 27 aprel. Bugunga qadar unga tayyorgarlik bo‘yicha bir necha muzokaralar raundi bo‘lib o‘tdi. Tomonlar shuningdek protokolga doir savollar, xavfsizlik choralari va sammitning jurnalistlar tomonidan yoritilishi masalalarini muhokama qilishdi.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid