Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afrikaning “ikkiga bo‘linishining boshlanishi” videosi namoyish qilindi
Foto: Videodan kadr
Keniya poytaxti Nayrobi yaqinida katta yoriq paydo bo‘ldi. Ushbu tabiiy hodisaning videosi Daily Nation nashrining Youtube-kanalida e'lon qilingan.
Yer sirtidagi yoriq bir necha kilometrga cho‘zilgan bo‘lib, chuqurligi 15 metrgacha, eni 20 metrgachani tashkil qiladi.
Videoda katta yoriq Keniyadagi vodiy bo‘ylab ketganini va infratuzilma obektlari, jumladan, avtomobil yo‘llariga shikast yetkazganini ko‘rish mumkin.
National Geographic’ning ma'lum qilishicha, yoriq ehtimol vulqon kuli bilan to‘lgan bo‘lgan, biroq kuchli yomg‘irlar kulni yuvib yuborishi oqibatida ushbu yoriq hosil bo‘lgan. Olimlar bu yoriq Afrikaning bo‘linishi jarayonining boshlanishi bo‘lishi mumkinligidan xavotirlanishmoqda. Ularning taxminicha, bu jarayon oqibatida 50 mln yildan keyin “qora qit'a” ushbu yoriq bo‘ylab ikki qismga bo‘linib ketadi.
Mavzuga oid
14:48 / 30.03.2026
Bitta «malika» 220 dollar. Keniyada noqonuniy chumoli savdosi avj oldi
10:05 / 17.03.2026
Keniya TIV: keniyaliklar endi Ukrainadagi urushga yollanmaydi
07:43 / 04.03.2026
Afrika qanday bo‘lib tashlangan? Yevropaning mustamlaka xaritasi
14:36 / 27.02.2026