Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahri fuqarolarining muammolarini o‘rganish bo‘yicha sayyor qabullar o‘tkaziladi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 9 aprelidan 2 mayiga qadar belgilangan grafik asosida poytaxtdagi barcha tumanlarda fuqarolarning o‘z yechimini topmagan muammolarini o‘rganish va hal etish yuzasidan sayyor qabullar hamda tarbiyasi og‘ir voyaga yetmagan shaxslar va ularning ota-onalari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Mazkur tadbirlarda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi, har bir tumandagi mutasaddi idora rahbarlari, tajribali psixologlar ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Fuqarolarda o‘z yechimini topmagan masalalar yoki tarbiyasi og‘ir voyaga yetmagan shaxslar bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa, tashkil etilayotgan sayyor qabul va uchrashuvlarda ishtirok etishlari mumkinligi bildiriladi.

Mavzuga oid
10:00 / 08.07.2026
Eng ko‘p talaba Toshkent shahrida tahsil olmoqda
18:48 / 06.07.2026
Toshkentda uy xizmatchisi 91 yoshli ayolni qiynab kelgani aniqlandi
11:10 / 01.07.2026
Toshkentda Tracker va BYD ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
09:30 / 23.06.2026