Jahon | 10:10 / 09.04.2018
4403
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyadagi shahar meri daydilarga katana bilan tahdid qilgani uchun qamoqqa olindi

Foto: AFP

Fransiyaning Vissu Eson shahri meri Rishar Trenke daydilarga katana bilan tahdid qilgani uchun qamoqqa olindi. Bu haqda Le Monde shahar prokuraturasiga asosan xabar bermoqda.

«U ko‘chmanchilarga katana bilan tahdid qilgan», - deya ma'lum qilishgan mahkamadan.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, zirhli jilet kiyib olgan va qo‘lida to‘pponcha hamda katana bo‘lgan mer ko‘chmanchilarni xususiy bolalar bog‘chasi avtoturargohidan haydab chiqarishga uringan. Shu bilan birga, unga bir necha nafar politsiyachi hamrohlik qilgan.

Ta'kidlanishicha, daydilar politsiyani chaqirtirishdi. Ulardan biri ham avtomobilida qurol topilganidan so‘ng hibs qilindi.

Nashr manbalarining qo‘shimcha qilishicha, Trenkenining qonidan alkogol izlari topilgan.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid