Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yo‘l qoidasi qo‘pol buzilishi tufayli yuz bergan to‘qnashuvda yo‘lovchi jarohat oldi
Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, 7 aprel kuni soat 00.30larda Gruziya Respublikasi fuqarosi, 1991 yilda tug‘ilgan V.S. o‘zining boshqaruvidagi “Nissan” rusumli avtomashinasini “Olmaliq-Toshkent” yo‘lining 38-kilometrida haydab ketayotib orqaga qayrilayotgan vaqtida asosiy yo‘ldan harakatlanib kelayotgan 1989 yilda tug‘ilgan H.X. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada “Lasetti” avtomashinasi yo‘lovchisi, jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23 / 15.06.2026
Samarqandda Damas haydovchisi YTH sodir etib, mashinadan tushib qoldi
15:55 / 13.06.2026