Jahon | 11:38 / 09.04.2018
6097
1 daqiqa o‘qiladi

Makron Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi bilan uchrashdi

Foto: AFP

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Luvrda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan kechki ovqat tanovul qildi. Bu haqda Parisien nashri xabar bermoqda. 

Ma'lum qilinishicha, uchrashuv 8 aprel kechki vaqt bo‘lib o‘tgan. Ta'kidlanishicha, Makron va Muhammad bin Salmonning bu uchrashuvi haqida avvaldan hech narsa ma'lum qilinmagan. Yelisey saroyida ma'lum qilinishicha, Luvr fransiyalik rassom Ejyen Delakruaning ko‘rgazmasi ochilishi sababli ovqatlanish uchun joy sifatida tanlangan. 

9 aprelda Muhammad bin Salmonning Fransiyaga tashrifi boshlanadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid