Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp hech narsaga qaramay Si Tszinpin bilan do‘st bo‘lib qolishga va'da berdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Pekin tez orada AQShga nisbatan kiritgan savdo cheklovlarini bekor qilib, Vashington bilan intellektual mulk obektlari bo‘yicha kelishuv tuzishini aytdi.
“Biz Xitoy raisi Si (Tszinpin) bilan savdo bahsimiz nima bo‘lishidan qa'tiy nazar, doim do‘st bo‘lamiz. Xitoy savdo to‘siqlarini olib tashlaydi, chunki shu to‘g‘ri yo‘l bo‘ladi. Soliqlar o‘zaro manfaatli bo‘ladi, intellektual mulk bo‘yicha kelishuv tuziladi. Bu ikki davlat uchun ham katta kelajak”, deb yozgan Tramp tvitterda.
Avvalroq Tramp AQShning savdo vakiliga Xitoydan keltiriluvchi mahsulotlarga boj to‘lovlarini oshirish imkniyatini ko‘rib chiqishni buyurgandi. Xitoy savdo vazirligi vakili Gao Fen AQSh prezidenti buyrug‘iga izoh berish vaqtida AQSh tomonining xatti-harakatlari xato ekanini aytgan.
AQSh moliya vaziri Vashington Xitoy tomonidan bojlar kiritilishi “oqibatlari”ni uddalay olishini aytgan.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026